Jazirama kunlarda konditsioner ham, ochiq derazalar ham, yengil kiyimlar ham yordam bermaydi. Bunday paytda issiqlik bilan kurashishning nostandart usullariga murojaat qilish mumkin. Ma’lum bo‘lishicha, yozda muzqaymoqdan ko‘ra achchiq ovqat iste’mol qilish foydaliroq, atirlar esa jazirama kunda tetiklashishga yordam beradi.
Achchiq ovqat iste’mol qiling
Foto: AdMe
Yozda odamlar odatda muzqaymoq kabi muzdek narsalarni yeyishadi. Biroq, mutaxassislarning fikriga ko‘ra, bu shirinlik vaqtinchalik ta’sirga ega. Muzqaymoq iste’mol qilgandan keyin bir muncha vaqt o‘tgach, sut yog‘i va shakar tanada issiqlik hosil qila boshlaydi, bu esa uni yanada qizdiradi.
Buning o‘rniga, achchiq qalampir yeyishingiz mumkin. Uning tarkibida asab tugunlarini faollashtiradigan va terlashni keltirib chiqaradigan kimyoviy moddalar mavjud. Ter bug‘lanib, tanani sovutadi. Biroq issiqda achchiq ovqat iste’mol qilganda uni suv bilan ichish kerakligini unutmaslik lozim.
Kofedan saqlaning
Foto: AdMe
Kofein o‘z ichiga olgan ichimliklar peshob haydash ta’siriga ega. Shu sababli tana suyuqlik yo‘qotadi. Issiq havoda bu suvsizlanishga olib kelishi mumkin.
Yozda salqinlashning eng yaxshi usuli suv ichishdir. Odatda kuniga 6-8 stakan suv ichgan bo‘lsangiz, yozda bu miqdorni oshirish kerak, chunki terlash tanadagi namlikni yo‘qotadi.
Yozgi ob-havoga mos keladigan boshqa ichimliklar ham bor. Misol uchun, mevali kokteyl va smuzilar. Biroq mutaxassislar tarkibidagi tabiiy shakar tufayli bunday ichimliklarni kuniga 150 ml dan oshirmaslikni tavsiya qiladi.
Yalpizli dush gelidan foydalaning
Foto: AdMe
Yalpiz tabiiy sovutish ta’siriga ega. Agar butun tanangizni ushbu o‘simlikni o‘z ichiga olgan dush geli yoki undan tayyorlangan sovun bilan yuvsangiz, dushdan keyin ham ochiq havoda ham uzoq vaqt isib ketmaysiz. Eng yaxshi natijaga erishish uchun sovuq suv bilan yuving.
Terini parvarish qilish mahsulotlarini muzlatkichda saqlang
Foto: AdMe
Muzdek kosmetik mahsulotlar kunning jaziramasida teri uchun haqiqiy najotdir. Bunday mahsulotlarni sovuqda saqlashdan havotirlanmang: loson, zardob, niqob va namlovchi vositalar past haroratlarda ham o‘z xususiyatlarini saqlab qoladi.
Kosmetika uchun hatto maxsus mini muzlatgichlar ham mavjud. Dermatologlarning fikriga ko‘ra, ko‘zlar uchun sovuq mahsulotlarni qo‘llash ham shishishni kamaytirishga yordam beradi.
Atir seping
Foto: AdMe
Atir - issiqlik va namlik bilan kurashishning sinalgan usuli. Uni parfyum suvi yoki parfyumni tabiiy xushbo‘y moylar bilan almashtirish juda mumkin.
Mutaxassislar lavanda, neroli va sitrus, shuningdek, yalpiz-mentol va qarag‘ay aromati bo‘lgan mahsulotlardan foydalanishni tavsiya qiladi. Effektni kuchaytirish uchun parfyumni muzlatkichda ham saqlash mumkin.
Nafas olish mashqlarini bajaring
Foto: AdMe
Inson faol harakat qilsa, tanasi shunchalik ko‘p issiqlik hosil qiladi. Buning uchun issiqda imkon qadar tez-tez dam olish va og‘ir jismoniy mashqlar qilishdan tiyilish tavsiya etiladi.
Buning o‘rniga nafas olish mashqlarini bajaring. Bu stressni yengillashtirishga va asablarni tinchlantirishga yordam beradi.
Ventilyator oldiga muz solingan idish qo‘ying
Foto: AdMe
Haddan tashqari issiqda ventilyator yordam bermasligi mumkin va hamma ham konditsionerga ega emas. Bunday holda qo‘lbola konditsioner tizimini yasashingiz mumkin.
Buning uchun idishni muz bilan to‘ldirish yoki suv bilan to‘ldirilgan litrli plastik shishani muzlatish kerak. So‘ngra bu idishni ventilyator oldiga qo‘ying: havo soviydi va ventilyator xona atrofidagi salqinlikni tarqatadi.
Gadjetlar va maishiy texnikadan kamroq foydalanishga harakat qiling
Foto: AdMe
Har qanday texnika issiqlik hosil qiladi va atrofdagi havoni isitadi. Albatta, kun davomida noutbuk, telefon, planshet, shuningdek, choynak va mikroto‘lqinli pech kabi turli xil maishiy texnika vositalaridan foydalanmaslik mumkin emas. Biroq quyosh botganidan keyin uyda iloji boricha ko‘proq elektronikani o‘chiring.
Ofis stulingizni to‘rli stul bilan almashtiring
Foto: AdMe
Yozda qattiq, havo o‘tkazmaydigan materiallardan yasalgan orqa o‘rindiqli stullar, orqa terlashiga olib keladi. Jaziramada mutaxassislar bunday ish o‘rindig‘ini yupqa to‘rli orqa o‘rindiqli stul bilan almashtirishni maslahat berishadi, bu esa salqin havo o‘tishiga imkon beradi va terlashning oldini oladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi