09:03 / 24.09.2022
1 268

Antioksidantlar nima va ular qaysi mahsulotlarda ko‘proq?

Antioksidantlar nima va ular qaysi mahsulotlarda ko‘proq?
Antioksidantlar - organizmdagi zararli moddalarga qarshi kurashadigan biologik aksiloksidlovchilardir. Ushbu sehrli moddalar oziq-ovqat va kosmetika mahsulotlarining sifat kafolati hisoblanadi, chunki ular organizmni ko‘plab kasalliklardan himoya qiladi va hayot tarzini yaxshilaydi.

Antioksidantlar oksidlovchi stressni bostiradigan va erkin radikallarga qarshi kurashadigan moddalar. Radikal moddalar inson tanasida kislorod bilan kimyoviy reaksiyalar paytida hosil bo‘lgan qattiq, suyuq yoki gazsimon molekulalardir. Ular hujayra membranalaridan o‘tib, ozuqa moddalarini olib yurishlari, metabolizmni rag‘batlantirishlari va immunitetni shakllantirishlari mumkin.

Noto‘g‘ri sharoit, tushkunlik ta’siri yoki noto‘g‘ri ovqatlanish ta’sirida organizmda zararli radikal moddalar ko‘payadi. Ular oksidlovchi stressni yaratadi: bunda erta qarish va hujayralar buzilishi kuzatiladi. Ushbu jarayon surunkali yallig‘lanish bilan birga keladi va bunga javoban erkin radikallar hosil bo‘ladi, sog‘lom hujayralar nobud bo‘ladi.

Chekish, ultrabinafsha nurlari ta’siri, sanoat chiqindilari, muntazam tushkunlik, noto‘g‘ri turmush tarzi va zararli ovqatlar zararli radikallarni qo‘zg‘atadi. Va bu ko‘pincha :
- qandli diabet;
- Alsgeymer kasalligi;
- Parkinson kasalligi;
- ko‘z kasalliklari asosan, katarakta (ko‘z xrustallikasi xiralashishi);
- tushkunlik;
- bo‘g‘imlar yallig‘lanishi;
- vena tomirlari varikozi;
- yurak-qon tomir tizimi faoliyatining buzilishi;
- og‘ir yallig‘lanish jarayonlari va saraton kasalliklariga olib keladi.

Saraton kasalliklari - butun dunyo bo‘ylab o‘limlarning eng asosiy sabablaridan. Xavfli o‘smalar xususiyati hamon to‘kis o‘rganilmagan. Ammo tasdiqlangan gipoteza shuki, saraton kelib chiqishi sabablaridan biri - xavfli radikal moddalar tufayli hujayralarda paydo bo‘lgan patologik o‘zgarishlardir.

Antioksidantlar xavfli radikallarga qarshi kurashadi. Sabzi, lavlagi, karam, bulg‘or qalampiri, ismaloq, tomat, qovoq, baqlajon, piyoz, sarimsoq va yashil sabzavotlarda antioksidantlar ko‘p bo‘ladi. Shuningdek, malina, olxo‘ri, qorag‘at, sitrus, olcha, qovun, anor, uzum kabi meva va rezavorlar ham antioksidantlar manbai hisoblanadi.

Bodom, xandon pista va grek, keshyu, pekan, funduk kabi yong‘oqlar ham organizm uchun foydali. Chunki ular antioksidant uchun zarur bo‘lgan Ye vitaminiga boy. Ular nafaqat radikallarga qarshi kurashadi, balki zararlangan DNK larni ham qayta tiklash xususiyatiga ega.

Ziravorlardan qalampirmunchoq, zarcho‘va, dolchin (koritsa), quritilgan petrushka, oregano ham salomatlikka ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Choy, qahva, qora shokolad, kakao, qizil vino, na’matak, dengiz mahsulotlari, quruq mevalar ham antioksidantlarning qo‘shimcha manbasi hisoblanadi.

Doimo yodda tutish lozimki, antioksidantli mahsulotlar ham faqat me’yorida iste’mol qilinganda foydali. Shuningdek, ushbu mahsulotlarni iste’mol qilish bilan birga, sog‘lom turmush tarzi qoidalariga rioya qilish lozim.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Antioksidantlar nima va ular qaysi mahsulotlarda ko‘proq?