20:26 / 07.10.2022
1 135

Immunitetni mustahkamlash uchun mutaxassislardan tavsiya

Immunitetni mustahkamlash uchun mutaxassislardan tavsiya
Kuz-qish mavsumi oldidan shamollash, tumov va boshqa infeksion kasalliklar ko‘payadi. Immunitet kuchli bo‘lsa, kasalliklar yengil o‘tishi yoki yuqmasligi mumkin.

Immunitetni saqlab qolish uchun organizmga foydali vitaminlar va minerallar kerak. Ular mavsumiy mahsulotlarda mo‘l.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, eng foydali oziq-ovqatlardan biri sarimsoqdir. U yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega bo‘lgan ko‘plab foydali moddalarni o‘z ichiga oladi.

Bundan tashqari, ko‘p miqdorda S vitamini bo‘lgan piyoz immunitetni oshirishga yordam beradi.

Sabzavotlar orasida qovoq ham darmondorilarga boyligi bilan ajralib turadi. U beta-karotinga boy. Sabzi ham xuddi shunday servitamin ildezmeva hisoblanadi. Bu sabzavotlar tarkibida temir moddasi ham bor, bu ayniqsa anemiyadan aziyat chekadiganlar uchun foydalidir.

Pomidor esa magniyga boy. Bu yurak mushaklarini kuchaytiradi. Pomidorda suyaklar uchun zarur bo‘lgan kalsiy va gormonlar sintezida yordam beradigan yod ham mavjud.

Mevalar orasida limon alohida ajralib turadi. U immunitet tizimini mustahkamlashga yordam beradigan ko‘proq C va D vitaminlarini o‘z ichiga oladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Immunitetni mustahkamlash uchun mutaxassislardan tavsiya