1 403
Bosh aylanishi, terining qurishi va me’da qaynashi: ko‘pincha e’tiborsiz qoldiriladigan 10 ta alomat
Foto: «Noviy ochag»
Xavfli kasalliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun organizmdagi har qanday kichik o‘rgarishlarga ham e’tiborli bo‘lish lozim. Aks holda ular jiddiy muammolarga olib kelishi mumkin, deb yozadi «Noviy ochag».
Jiddiy kasalliklar ko‘pincha ahamiyatsizdek tuyilgan alomatlar bilan boshlanadi. Bu, albatta, o‘z vaqtida shifokorga murojaat qilish va kasallikni tezda davolash mumkin bo‘lgan bosqichda anglash imkoniyatini beradi. Asosiysi, qanday alomatlarga e’tibor berish kerakligini bilishdir.
Besabab vazn kamayishi
Parhez va qo‘shimcha harakatlarsiz vazn yo‘qotish ko‘pchilikning yashirin orzusidir. Ammo agar bu orzu to‘satdan ro‘yobga chiqa boshlasa, ishni garderobni yangilashga emas, balki shifokorga tashrif buyurishdan boshlash lozim: to‘satdan va besabab vazn yo‘qotish saratonning ayrim turlarining belgisi bo‘lishi mumkin.
Terining qurishi
Agar tez-tez teri qichishsa va ko‘cha boshlasa, endokrinologga murojaat qilish tavsiya etiladi. Terining to‘satdan qurishi qalqonsimon bezning noto‘g‘ri ishlashini yoki autoimmun kasalliklarning boshlanishini ko‘rsatishi mumkin.
Tirnoqlarning rangi yoki shaklini o‘zgartirish
Tirnoqlar organizmning holati haqida ko‘p narsalarni aytib berishi mumkin, shu jumladan kasalliklarning boshlanishini ham. Agar tirnoqlarda o‘zgarish yuz bersa, bu boshlang‘ich anemiya belgisi bo‘lishi mumkin; rang o‘zgarishi — buyrak muammolari, tirnoqning qalinlashishi — yurak yoki o‘pka kasalligining belgisidir.
Tomir tortishishi
Agar zinapoyaga ko‘tarilish kabi ozgina jismoniy faoliyatdan keyin ham tomirlar tortishib qolsa, shifokorga murojaat qilish lozim. Bu oyoq tomirlarida qon quyqalari paydo bo‘lishining belgisi bo‘lishi mumkin. Bunday vaziyatda imkon qadar tezroq chora ko‘rish yaxshiroq.
Terlash
Haddan tashqari ko‘p terlashning sabablari bir qancha va ularning aksariyati mutlaqo zararsizdir. Ko‘pincha, terlashni to‘xtatish uchun ratsionni to‘g‘rilash va spirtli ichimliklardan voz kechish kifoya. Ammo ba’zida sabab endokrin tizimning noto‘g‘ri ishlashi, qalqonsimon bez kasalliklari va hatto arteriyaning tiqilib qolishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Me’da qaynashi
Me’da qaynashi tez-tez kuzatilsa va uzoq vaqt tark etmasa, albatta, shifokor ko‘rigidan o‘tish kerak: me’da qaynashi saratonning ayrim turlarining alomati bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, me’da qaynashi infarkt belgilaridan biridir.
Doimiy charchoq hissi
Ko‘p ishlab, kam dam olish salomatlik uchun yaxshi emas. Ammo ozgina ishlashdan keyin ham charchoqni his qilish — bu shifokorga murojaat qilish uchun jiddiy sababdir. Chunki bu boshlangan saraton yoki sklerozning belgisi bo‘lishi mumkin.
Qabziyat
Ichak harakati bilan muntazam muammolar noto‘g‘ri ovqatlanish yoki organizmdagi suyuqlik yetishmasligidan kelib chiqishi mumkin. Bu metabolik kasallik va qandli diabet bilan ham bog‘liqdir. Shifokorga murojaat qilib, qonda shakarni tekshirib ko‘rish lozim.
Bosh aylanishi
Agar stul yoki divandan turganda doimo bosh aylansa, organizmdagi temir darajasini tekshirib ko‘rish lozim. Bu boshlang‘ich anemiyaning alomati bo‘lishi mumkin, kasallikni davolash juda oson, ammo uni e’tiborsiz qoldirmaslik kerak. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?