Shifokor terapevt Oleg Abakumov qaysi xalqona usullar gripp kasalligida yordam bermasligini aytdi. Uning ta’kidlashicha, ko‘p issiq suyuqlik iste’mol qilish kasallikka qarshi yordam bermaydi.
“To‘g‘ri, ko‘p suyuqlik ichish grippda zarar qilmaydi, biroq suv iliq bo‘lishi kerak, qaynoq emas. Shirin bo‘lmagan, biroz nordon suv ichgan ma’qul”, - deydi shifokor.
Shifokorning ogohlantirishicha, qaynoq ichimlikni sut va asal bilan iste’mol qilish ham foyda bermaydi. Shuningdek, S vitamini, sitrus mevalar grippni yengishda befoyda ekanini aytdi. Aksincha, sitrus mevalar oshqozon shilliq qavatiga salbiy ta’sir qilishi mumkin.
Terapevt shu bilan birgalikda shamollashda turli hayvon yog‘lari iste’mol qilish oshqozon -ichak tizimiga zarar yetkazishidan ogohlantirdi.
Bundan tashqari, shifokor piyoz, sarimsoq ham grippda foydali emasligini aytdi. Darvoqe, ingalyatsiya- bug‘lanishning ham foydali emasligi, balki u tufayli nafas yo‘llari va terini kuydirib olish xavfi borligini ma’lum qildi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Italiyaning Sardiniya orolida uylar 1 yevrodan sotilmoqda, lekin...