Foto: Wday
Oshqozon kechki payt yoki band bo‘lgan ish kunining o‘rtasida og‘riydi. Og‘riq diqqatni jamlashga imkon bermaydi, ishlash va dam olishga xalaqit beradi. Noqulaylikni bartaraf etishning bir necha yo‘li mavjud. Wday nashri taqdim etgan oddiy tavsiyalar shifokorga tashrif buyurishdan oldin holatni biroz yaxshilashga yordam beradi.
Nega oshqozonda og‘riq paydo bo‘ladi?
Oshqozon sohasidagi og‘riq oshqozon buzilishining natijasidir. Ammo og‘riq qoldiruvchi vositani qabul qilishdan oldin vaziyatni tahlil qilish lozim. Og‘riq kelib chiqishining sababini aniqlash muhimdir.
Oshqozon og‘rig‘iga sabab bo‘ladigan omillar:
- ovqat hazm qilish buzilishi. Bu oziq-ovqat allergiyalari, oshqozon yarasi, qalqonsimon bez kasalliklari, psixologik stress bilan qo‘zg‘alishi mumkin;
- ortiqcha ovqatlanish;
- ichak disbakteriozi;
- ba’zi mahsulot va ichimliklar: misol uchun, chipslar, kola, spirtli ichimliklar, pishmagan mevalar;
- suvsizlanish;
- nostandart mahsulotlar yoki kimyoviy moddalar bilan zaharlanish.
Bularga qo‘shimcha ravishda, oshqozon bilan bog‘liq bo‘lmagan sabablar mavjud. Yurak xuruji, pnevmoniya yoki siqilgan nervlar ham oshqozon sohasida og‘riq belgilariga olib kelishi mumkin. Og‘riq vaqt o‘tishi bilan kuchaysa, darhol tez yordam chaqirish lozim.
Oshqozon og‘riganida nima qilish kerak?
Kasallikning sababini hisobga olgan holda davo choralarini qo‘llash kerak. Turg‘unlik tuyg‘usi, chirigan tuxum hidi, ishtahaning yetishmasligi ovqat hazm qilish buzilishining belgisidir. Og‘riq, shish va ko‘ngil aynishi bilan birga kuzatiladi — bu ortiqcha ovqatlanishning oqibatlari bo‘lib, diareya, kolik, qayt qilish disbakterioz yoki zaharlanishni ko‘rsatadi.
Oshqozon og‘riganda quyidagi ko‘rsatmalarga amal qilish kerak:
- Yangi sabzi qirg‘ichdan o‘tkaziladi, 2-3 osh qoshiq iste’mol qilinadi. Bu chora jig‘ildon qaynashida samarali.
- Bir juft petrushka iste’mol qilinadi. Shifo beruvchi ko‘katlar nordon maza hamda noqulaylik uchun yaxshi.
- Bir choy qoshiq asal va limon sharbati bir stakan iliq suvda suyultiriladi. Oshqozonda kislotalilik past bo‘lsa, ortiqcha ovqatlanish bilan zararlanganda ichiladi.
- Yangi zanjabil ildizi maydalanib, bir stakan issiq suv quyiladi, asal bilan aralashtiriladi. Ortiqcha ovqatlanish, shish va disbakteriozda ichiladi.
- Bir stakan sut qizdiriladi. Kichik qultumlarda ichiladi. Bu ta’sirlangan shilliq pardalarni tinchlantiradi, jig‘ildon qaynashi va og‘irlik tuyg‘usini yengillashtiradi.
- 100 gramm guruch 2 stakan suvda yumshoq bo‘lguncha qaynatib olinadi. Guruch elakdan o‘tkaziladi. Suyuqlik biroz sovigach, asal bilan aralashtiriladi. Diareya hamda kolikda samarali.
- Uyda davolanishning har qanday usuli ochlik bilan birlashganda samarali bo‘ladi. 5-10 soat davomida ovqatdan voz kechish tavsiya etiladi. Ko‘p miqdorda toza suv, choy yoki moychechak qaynatmasi ichiladi.
Oshqozon og‘rig‘ining eng keng tarqalgan sabablaridan biri oshqozon shilliq qavatining yallig‘lanishi yoki gastritdir. Agar og‘riq stress yoki noto‘g‘ri ovqatlanish tufayli kuchaygan bo‘lsa, darhol ratsionni qayta ko‘rib chiqish muhimdir.
Kuniga 4-5 marta ovqatlanish kerak, yaxshisi bir vaqtning o‘zida, yaxshilab chaynash va hech qanday holatda ortiqcha ovqatlanmaslik kerak. Ovqatlanish oralig‘ida gazak qilmaslik va faqat suv yoki shakarsiz choy ichish mumkin.
Kasallik kuchayishi bilan menyudan quyidagi mahsulotlar chiqarib tashlanishi lozim: qahva, yangi siqilgan va qadoqlangan sharbatlar, gazli ichimliklar, sitrus mevalar, barcha kislotali meva va rezavorlar, xamir ovqatlar, non, konserva, kolbasa va baliq, yog‘li go‘sht va barcha fermentlangan sut mahsulotlari.
Nima iste’mol qilish mumkin?
Qaymoqli sho‘rvalar, quritilgan non, quruq pechene, pechda pishirilgan sabzavotlar, kletchatkasiz mevalar, shirin rezavorlardan tayyorlangan kompotlar, kam yog‘li go‘sht, baliq va dengiz mahsulotlari foydalidir. Shuningdek, gastritda o‘z-o‘zini davolash bilan tajriba o‘tkazmaslik, balki terapiya uchun shifokor bilan maslahatlashish kerak. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar