17:40 / 18.11.2022
1 585

Sovuq ob-havo inson organizmiga qanday ta’sir qiladi?

Sovuq ob-havo inson organizmiga qanday ta’sir qiladi?
Foto: Marie Claire
Sovuq mavsumda ko‘pchilik nafaqat tashqariga chiqishni, balki derazadan qarashni ham xohlamaydi. Albatta, qor, muz, shamol va kunning qisqarishi kayfiyatni buzishi mumkin, lekin aslida ular organizmga ta’sir qiladi. Shifokorlar sovuq mavsumda ba’zi odamlar sog‘liq bilan bog‘liq muammolarga duch kelishi mumkinligini tasdiqlaydi. Bu, ayniqsa, 65 yoshdan oshgan va biron bir kasallikka chalinganlar bemorlarga tegishli. Mutaxassislar qish oylarida zaif va keksa insonlarga e’tiborni kuchaytirishni tavsiya qiladi, deb yozadi Marie Claire.

Biroq sovuq ob-havoda yoshlar ham ehtiyot bo‘lishlari kerak.

Qonda tromb shakllanishi
Qishda tor va qattiq kiyim kiyish jiddiy xavf tug‘diradi. Afsuski, qishda qon quyuqlashishi yoki yurak xuruji kabi jiddiy sog‘liq muammolaridan aziyat chekish ehtimoli ortadi. Haroratning keskin o‘zgarishi organizmdagi termal stressni keltirib chiqaradi va organizm doimiy haroratni saqlab turish uchun ko‘proq ishlaydi.

Foto: Marie Claire
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, bularning barchasi qishda qon quyqalanishi ehtimolini oshiradi. Nitssadagi kasalxonadan tadqiqot mualliflari sovuq mavsumda tez-tez uchraydigan nafas yo‘llarining infeksiyalari bemorlarda qon aylanishini nisbatan zaiflashtirishini taxmin qildi. Shuningdek, ular sovuq havo qon tomirlarining siqilishiga olib kelishi va tromboz ehtimolini oshirishi mumkinligini ham ta’kidlab o‘tgan.

Yurak xurujlari
Yaqinda o‘tkazilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, sovuqqa chidamsiz odamlar yurak xurujiga moyil. Shvetsiyadagi Lund universiteti tadqiqotchilari kuniga o‘rtacha yurak xurujlari soni iliq ob-havoga nisbatan sovuq havoda sezilarli darajada yuqori ekanini aniqladi. O‘rtacha harorat noldan past bo‘lganida, yurak xurujiga chalingan bemorlar 4 taga ko‘paygan.

Foto: Marie Claire
Sovuq havoda yurak xuruji xavfi yuqori bo‘ladi, chunki organizmning yuzaki qon tomirlarini torayadi. Bu tomirlar orqali qon oqimini oshiradi va teridagi issiqlik darajasini pasaytiradi. Organizm titray boshlaydi, yurak urish tezligi esa barcha a’zolarni isitish uchun kuchayadi — bunga javoban yurak qo‘shimcha stress oladi va ba’zan xuruj bilan yakunlanishi mumkin.

O‘zgaruvchan kayfiyat
Ba’zi odamlar qish oylarini boshqalarga qaraganda qiyinroq boshdan kechirishi mumkin. Sovuq mavsumda ko‘pchilikda mavsumiy tushkunlik yoki «qishki depressiya» kuzatiladi. Bu holat kundalik faoliyatga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin, shuning uchun atrofdagi har bir kishining psixologik holatiga e’tibor qaratishga arziydi.

Foto: Marie Claire
Mavsumiy tushkunlikning sababi aniq bo‘lmasa-da, buni mutaxassislar qish oylarida quyosh nurlarining yetishmasligi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligini taxmin qiladi. Uning yetishmasligi miyaning gipotalamus deb ataladigan qismining normal ishlashiga xalaqit berishi mumkin. Ma’lumki, yorug‘lik tanadagi uyquchanlikni keltirib chiqaradigan melatonin gormonini ishlab chiqarishga ta’sir qiladi. Bundan tashqari, kayfiyat va uyquga ta’sir qiluvchi serotonin darajasi, shuningdek, organizmning ichki biologik soatiga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Qishda tashkil etilgan sikllar ko‘pincha noto‘g‘ri bo‘lib, uyqusizlik, depressiya va hatto apatiyaga olib keladi.

Gripp

Foto: Marie Claire
Sovuq mavsum boshlanganda, gripp va O‘RVI bilan kasallanish muttasil ortib boradi. Pandemiya fonida bu qo‘shimcha noqulaylik va tashvishlar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin, shuning uchun shifokorlar bir ovozdan immunitetni mustahkamlashni tavsiya qiladi. Buyuk Britaniya Sog‘liqni saqlash xavfsizligi agentligi epidemiologi doktor Konall Uotson grippga qarshi emlanishni tavsiya qiladi, chunki sovuq havo bu kasallikning alomatlarini kuchaytirishi mumkin.

Qazg‘oq

Foto: Marie Claire
Qazg‘oq sovuq mavsumda ko‘payadi va bu ajablanarli emas: haroratning pastligi fonida, isitkichlarni yoqish va sut mahsulotlarini iste’mol qilish teri kasalliklarining rivojlanishi uchun ideal muhit yaratadi. Maslahatchi trixolog Annabelle Kingsleyning so‘zlariga ko‘ra, ko‘pchilikda bosh terisi mikrobiomasi nomutanosiblashganda qazg‘oq paydo bo‘ladi. Mutaxassisning ta’kidlashicha, agar sochlar kam yuvilsa, bosh tabiiy ravishda yog‘li bo‘lsa, vaziyat yanada og‘irlashishi mumkin.

Astma xurujlarining kuchayishi

Foto: Marie Claire
Qish astma bilan og‘rigan odamlar uchun xavfli vaqt bo‘lishi mumkin, chunki sovuq havo, shamollash, gripp va boshqa infeksiyalar ko‘payadi va hayot uchun xavfli bo‘lgan astma xurujlarini keltirib chiqaradi. Mutaxassislar buning uchun bemorlarga doimiy ravishda ingalyatorlarini olib yurishni maslahat beradi. Shuningdek, ular sovuq havoni filtrlash uchun sharfdan foydalanishni tavsiya qiladi. Nafas olishdan oldin havoni isitish uchun sharfni burun va og‘iz atrofiga yumshoq qilib o‘rash lozim, chunki sovuq havo astma xurujining yana bir qo‘zg‘atuvchisidir.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Sovuq ob-havo inson organizmiga qanday ta’sir qiladi?