Nam, shamol va sovuq havoda organizm turli infeksiyalarga nimjon bo‘ladi. Xalq orasida sinalgan usullar ham infeksiyalarga qarshi kurashishda, immunitetni mustahkamlashda foydali. Biroq, agar kasallik boshlangan bo‘lsa, albatta shifokorga murojaat qilgan ma’qul.
Behi
Behi mevasi o‘zining shifobaxsh xususiyatlari bilan mashhur meva. U qon aylanishi, ovqat hazm qilishga ijobiy ta’sir qiladi, yallig‘lanishga qarshi samara berdi. Ushbu mevadan turli desertlar, sharbatlar tayyorlanadi, uni qo‘shib palov ham pishiriladi.
Yo‘talni davolashda behi sharbati yaxshi samara beradi. Bundan tashqari, immunitet uchun mevani pechda pishirilgan holda iste’mol qilish ham foydali. Mevani danaklaridan tozalab asal va yong‘oq bilan 20 daqiqa pechga qo‘yiladi. Koritsa yoki shakar pudrasi bilan tortiladi. Bu nafaqat ajoyib desert balki salomatlik foydali yegulik ham bo‘ladi.
Yong‘oq guli
Yo‘taldan xalos bo‘lishda yong‘oq daraxti gullari ham yaxshi yordamchi. Yong‘oq barglari turli vitaminlarga boy va ular nafaqat immunitetni ko‘taradi, balki angina, yuqori va pastki nafas yo‘llarining yallig‘lanishida samara beradi. Odatda yong‘oq gullari erta bahorda terib olinadi va quritilib qishda mavsumiy kasalliklarni davolashda saqlab qo‘yiladi.
Sut
Immunitetni ko‘tarishda ko‘pchilikning sevimli mahsuloti. Yo‘talning boshlanishida u balg‘amni chiqarishda, va yo‘talni yumshatishda samara beradi. Virus infeksiyalaridan himoyalanishda sutni sarimsoqpiyoz bilan ichish foydali bo‘ladi.
Sutni anjir, sariyog‘, asal yoki mineral suv bilan ham iste’mol qilish mumkin.
Qora rediska
Ha, aynan qora rediska. Chunki, shu navida foydali xususiyatlar ancha ko‘p. Rediskani qirg‘ichdan o‘tkaziladi. Uning suvini olib, asl qo‘shiladi. Bir qoshiqdan kuniga 3-4 marotaba iste’mol qilinadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?