12:22 / 17.12.2022
1 107

Qishda qanday mahsulotlarni iste’mol qilgan ma’qul?

Qishda qanday mahsulotlarni iste’mol qilgan ma’qul?
Havodagi mikroblar mavsumga qarab o‘zgarishini bilasizmi? Ichaklardagi mikroblar ham vaqti-vaqti bilan almashishi haqidachi? Bugun biz do‘konga borib istagan mahsulotimizni istagan vaqtda sotib olishimiz mumkin. Ammo bu qulaylik mavsumiy rang-baranglikni cheklab qo‘yishi mumkin.

Ichak immuniteti immun tizimining 70 foizini tashkil etadi va u barqaror mavsumiy mikroblar bilan bog‘liq. Xo‘sh, unda qish mavsumida qanday mahsulotlarni iste’mol qilgan ma’qul?

Qo‘ziqorinlar. Qo‘ziqorinlar qishda D vitaminining qo‘shimcha manbai bo‘lishi mumkin. Shiitake qo‘ziqorinlari V vitamin guruhi, D vtamini, selen, niatsin va 7xil aminokislotalari saqlagani uchun immunitetni sezilarli ko‘tarishi mumkin.

Sitrus mevalar. Qishda S vitaminining ham qo‘shimcha manbai zarur, u organizmni mustahkamlab, kasalliklarning oldini oladi. Apelsin, limon, laym, greypfut kabi sitrus mevalar S vitaminining katta dozasini yetkazib beradi.

Qishki sabzavotlar. Sovuqda ko‘proq kaloriya yo‘qotganimiz sababli qishda to‘yimliroq va issiqroq taomlar yegimiz keladi. Yilning bu mavsumida kartoshka, sabzi, sarimsoq kabi kletchatkalar va uglevodlarga boy bo‘lgan sabzavotlarni iste’mol qilgan ma’qul.

Olma. Kuz kletchatka va pektinga boy olmalar mavsumi sanaladi. Bu moddalar esa hazm qilish tizimi uchun foydali va yurak-qon-tomir kasalliklaridan himoya qiladi. bundan tashqari, olma A, E, B6, C va K vitaminlari boy.

Anor. Anor – qish mavsumining eng mashhur mevalaridan biri v yaxshi antioksidant. U immun tizimini mustahkamlab, organizmni turli kasalliklardan, jumladan, saraton va yurak- qontomir kasalliklarida himoyalaydi. Shu sababli anorni kunlik ratsionga qo‘shish zarar qilmaydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Qishda qanday mahsulotlarni iste’mol qilgan ma’qul?