20:58 / 20.12.2022
2 056

Jigarni tozalashga yordam beradigan 5 ta mahsulot

Jigarni tozalashga yordam beradigan 5 ta mahsulot
Foto: The Voice Mag
Yangi yil bayramida ortiqcha ovqatlanish va gazli ichimliklardan qochish juda qiyin. Shuning uchun hozirdan jigar salomatligi haqida o‘ylashni boshlash kerak — bayramgacha qolgan qisqa vaqt ichida ko‘proq detoksli mahsulotlar iste’mol qilish tavsiya etiladi, deb yozadi The Voice Mag.

Yangi yil bayrami yaqin, demak, yog‘li taomlar, mayonezli salatlar va turli xil ichimliklar — organizmni oldindan tayyorlash lozim. Ratsionga esa jigar uchun foydali oziq-ovqat mahsulotlarini kiritish tavsiya etiladi.

Ko‘k choy
Ko‘k choy jigarning sog‘lom ishlashi va safro oqimi uchun zarur bo‘lgan P vitaminiga boy. Ushbu elementning deyarli butun kunlik ehtiyoji bir stakan issiq ichimlikda mavjud.

Sut
Sut mahsulotlari lesitin va metionin — organizmdagi metabolik jarayonlarga ta’sir qiluvchi muhim aminokislotalarga boy. Ushbu moddalar tufayli jigarda visseral yog‘ning cho‘kishi kamayadi. Aynan shuning uchun odamlarda qandli diabet va gipertoniya kabi jiddiy kasalliklar tez-tez uchraydi.

Greypfrut
Achchiq sitrus tarkibida glutation mavjud. Ushbu modda immunitet tizimini mustahkamlashga yordam beradi va jigarda to‘plangan toksinlardan tozalaydi.

Suli yormasi
Katta miqdordagi kletchatka, vitamin va antioksidantlarga boy suli yormasi jigar salomatligi uchun mukammal mahsulotdir. Bundan tashqari, u zararli moddalarning so‘rilishini kamaytiradi.

Ziravorlar
Ya’ni sarimsoq va qalampir. Sarimsoq antioksidant glutationga boy. Ammo achchiq qalampir tarkibida kapsaitsin kabi faol birikma mavjud bo‘lib, u organizmni turli xil infeksiyadan himoya qiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Jigarni tozalashga yordam beradigan 5 ta mahsulot