10:30 / 25.12.2022
856

Bir kunda qancha tuz iste’mol qilish kerak?

Bir kunda qancha tuz iste’mol qilish kerak?
Osh tuzi – inson tanasiga natriy yetkazib beruvchi yagona ozuqaviy modda. U organizmda qon aylanishi va qon bosimini boshqarish, asab tizimi hamda mushaklar orasidagi uzviy aloqani ta’minlaydi.

Ushbu mahsulot tarkibidagi xlor ovqat hazmiga yordam beradi. Tanada suv-tuz balansini tartibga solishda ishtirok etib, jigarning to‘g‘ri ishlashiga ko‘maklashadi.

JSST tavsiyasiga ko‘ra, organizmdagi moddalar almashinuvini me’yorlashtirish uchun kuniga bir choy qoshiq – 5 gramm yodlangan osh tuzi iste’mol qilish yetarli.

Agar kunlik miqdor ortib ketsa, turli xastaliklar kelib chiqadi. Eng avvalo, ortiqcha tuz suyak to‘qimalariga yomon ta’sir qiladi. Tanada moddalar almashinuvi buzilib, yurak, buyrak va qon aylanish tizimida salbiy o‘zgarishlar kuzatiladi.

Shish: me’yordan oshiq tuz organizmda suyuqlikni ushlab turishi oqibatida shishlar paydo qiladi.

Ortiqcha vazn: tuz yog‘lar parchalanishiga to‘sqinlik qilib, ortiqcha vaznni yuzaga keltiradi.

Kalsiy yetishmasligi: u ko‘p iste’mol qilinsa, buyraklar faoliyati buziladi. Tanadagi ortiqcha tuz peshob bilan chiqariladi va u bilan kalsiy ham yuviladi. Oqibatda organizmda kalsiy yetishmovchiligi kuzatiladi.

Ko‘z xastaligi: yodlangan tuzning ko‘p miqdori ko‘z bosimini oshirib, kataraktaga olib keladi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Bir kunda qancha tuz iste’mol qilish kerak?