19:14 / 27.06.2023
333

Nima uchun to‘satdan o‘rindan turganda odamning ko‘z oldi qorong‘ilashib, boshi aylanadi?

Nima uchun to‘satdan o‘rindan turganda odamning ko‘z oldi qorong‘ilashib, boshi aylanadi?

Foto: Wday

Keling, bir vaziyatni tasavvur qilaylik: siz stulda o‘tirib, kompyuterda uzoq ishlaysiz. Keyin tugatasiz yoki tanaffus kerakligini tushunasiz va biroz dam olishga qaror qilasiz. To‘satdan o‘rningizdan turasiz, keyin g‘ayrioddiy bir narsa yuz beradi: bexosdan boshingiz aylana boshlaydi, ko‘z oldi qorong‘ilashadi va hatto yiqilib tushayotgandek bo‘lasiz.

Ko‘zni pirpiratib, qo‘llaringiz bilan duch kelgan birinchi mebel qismini ushlaysiz. Keyin alomatlar qanday tez paydo bo‘lgan bo‘lsa, shu tarzda yo‘qolganini payqaysiz. Ishonchimiz komilki, bu holat bilan tanishsiz, deb yozadi Wday nashri. Shuning uchun ushbu hodisaning sababi nima ekanligini tushuntirishga harakat qilamiz.

Boshqa alomatlar

Ko‘z oldi qorong‘ilashib, bosh aylanishidan tashqari, odam boshqa bir qator alomatlarga duch kelishi mumkin. Masalan:

  • Holsizlik;
  • Quloq bitishi;
  • Terlash (sovuq ter chiqishi);
  • Rangparlik;
  • Oyoqda tik tura olmaslik;
  • Boshdagi og‘irlik;
  • Vaqt va makonni anglashning yo‘qolishi;
  • Aqliy faoliyatning pasayishi;
  • Ko‘ngil aynishi.

Odatda bu holat, taxminan, 3-4 soniya davom etadi, ammo ba’zi hollarda qisqa muddatli ongni yo‘qotishi mumkin.

Ko‘z oldi qorong‘ilashishi va bosh aylanishi sabablari

Bosh aylanishi va ko‘z oldi qorong‘ilashishi miyada anoksiya paydo bo‘lishi bilan bog‘liq, ya’ni kislorod miyaga yetib bormaydi, deb tushuntiradi Natalya Axtamova. Bu holat tananing pozitsiyasi va tomirlardagi bosim keskin o‘zgargani sababli sodir bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida qon bosimining pasayishiga olib keladi.

Shuning uchun qon miyaga yetib bormaydi. Optik nervlar juda sezgir bo‘lib, ular miyaning ko‘rish uchun mas’ul bo‘lgan qismidir. Shuning uchun ko‘z oldi qorong‘ilashadi va hatto qisqa muddatli ongni yo‘qotish yuz beradi.

Foto: Wday

Buning sababi bosim bilan bog‘liq muammo ham bo‘lishi ehtimoli mavjud: yuqori qon bosimida ko‘z oldi qorong‘ilashishi paydo bo‘ladi. Ammo bu yerda bunday holatning manbai — qon tomirlar spazmidir. Ba’zan miyaning anoksiyasi (qon unga yetib bormasa) boshqa sababga ko‘ra yuzaga keladi.

Boshqa sabablarga quyidagilar kiradi:

  • Hissiy stress yoki doimiy stress;
  • Kuchli jismoniy faollik;
  • Vitamin va ozuqa moddalarining yetishmasligi;
  • Qondagi gemoglobin darajasining ko‘tarilishi;
  • Endokrin tizim kasalliklari (masalan, qandli diabet);
  • Homiladorlik;
  • Suvsizlanish;
  • Ortiqcha ish;
  • Miyadagi yallig‘lanish jarayonlari.

Shuningdek, bu holat vazodilatatorlar va diuretiklar, shuningdek, antidepressantlarning aks ta’siri natijasida yuzaga keladi.

Foto: Wday

Faqat shifokor bir qator tekshiruvlardan so‘ng sababni aniqlab, tashxis qo‘yadi. Shuning uchun ta’riflangan belgilarning tez-tez paydo bo‘lishi bilan jiddiy kasalliklar ehtimolini istisno qilish maqsadida malakali mutaxassisga murojaat qilish kerak.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Nima uchun to‘satdan o‘rindan turganda odamning ko‘z oldi qorong‘ilashib, boshi aylanadi?