14:15 / 09.01.2024
68

Yoshlar o‘rtasida semizlikni qisqartirish rejalashtirilmoqda

Yoshlar o‘rtasida semizlikni qisqartirish rejalashtirilmoqda
Bolalarga mo‘ljallangan nosog‘lom oziq-ovqat mahsulotlari va energetiklar reklamasiga cheklovlar kuchaytiriladi, deb xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.
 
Mamlakatimizda maktabgacha va maktab ta’lim tizimida sog‘lom ovqatlanishni ta’minlash, bunda bolalar va yoshlar o‘rtasida semizlikni 30 foizga qisqartirish rejalashtirilmoqda.
 
Xususan, «Aholi salomatligi —2030» milliy strategiyasi loyihasining 2024-2026 yillarga mo‘ljallangan amaliy tadbirlar rejasiga ko‘ra, bolalarga mo‘ljallangan nosog‘lom oziq-ovqat mahsulotlari va ichimliklar, bolalar oziq-ovqat mahsulotlari hamda energetiklar, dori vositalari, biologik faol moddalar reklamasiga talab va cheklovlar kuchaytiriladi.
 
Shuningdek, ta’lim muassasalarida bolalar va yoshlar uchun tavsiya etilmaydigan mahsulotlar, shu jumladan tarkibida shakar, tuz, transyog‘lar miqdori yuqori bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari, ta’m va rang beruvchi qo‘shimchalar ro‘yxatini tasdiqlash va ularning iste’molini kamaytirish ko‘zda tutilmoqda.
 
Bundan tashqari, yoshi, tana tuzilishi, turmush tarzi va kasalliklarga moyilligidan kelib chiqib, bolalar uchun to‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy mashqlar va gigiyena qoidalari bo‘yicha tavsiyalar to‘plamini yaratish mo‘ljallangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Yoshlar o‘rtasida semizlikni qisqartirish rejalashtirilmoqda