20:12 / 07.03.2024
206

Indamas qotil: ateroskleroz kasalligi necha yoshdan boshlanadi?

Indamas qotil: ateroskleroz kasalligi necha yoshdan boshlanadi?
Ateroskleroz — bu yog‘ va oqsil almashinuvining buzilishi natijasida vujudga kelib, arteriya ichki devorida yallig‘lanish, xolesterin yoki lipoprotein to‘planishi bilan kechadi. Qon tomirlarda bunday yog‘ to‘planishi tufayli tomirlar torayib boradi, qattiqlashadi, organlarga qon va kislorod yetkazib berish qiyinlashadi.

Foto: Dzen
Aksariyat kishilar kasallik alomatlari yashirin bo‘lganligi sababli bundan bexabar qoladi. Aterosklerozni ilk bosqichlarda mustaqil aniqlashning aslo iloji yo‘q. Hech bo‘lmaganda yilda bir marta organizmni to‘liq tekshiruvlardan o‘tkazib turmaslik oqibatida kasallik og‘ir darajaga yetishi va yog‘ qatlamlari qon aylanishini to‘sib qo‘ygandagina undan boxabar bo‘lish mumkin.

Ateroskleroz bilan kasallanganlarning soni ularning yoshiga qarab ortib boraveradi, ya’ni bu kasallik ko‘proq qari kishilarga xosdir, lekin xastalik yildan yilga yosharib bormoqda, bu zamonaviy hayot tarzi bilan bog‘liq.

Aterosklerozga chalinishning oldini olish uchun zararli odatlardan voz kechish talab etiladi:
  • chekishni to‘xtating;
  • spirtli ichimliklardan tiyiling;
  • jismoniy harakatlar bajaring;
  • tana vazni va sog‘lig‘iga e’tibor bering;
  • har yili to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘ting.


Foto: Dzen
Ateroskleroz rivojlanishining yana bir muhim xavf omili — bu stress. Asabiylik uzoq davom etsa organizmda adrenalin, norepinefrin va sitokinlar ko‘proq ishlab chiqiladi va dislipidemiya rivojlanish xavfi ortadi.

Kasallik hayotimizga quyidagicha tahdid soladi:
  • yurakka boruvchi arteriyalar toraysa, qon oqimi sekinlashadi. Bu yurak ishemik kasalligi va stenokardiyasiga olib keladi;
  • miyaga qon yetkazuvchi tomirlarning torayishi insultga sabab bo‘ladi;
  • qo‘l yoki oyoq arteriyalaridagi yog‘lar tomir tortishishiga, mushak og‘rig‘iga olib keladi;
  • ateroskleroz rivojlanish xavfi erkaklarda 45 yoshdan keyin, ayollarda 55 yoshdan keyin oshib boradi.

Agar sizda havo yetishmasligi, nafas qisilishi, yurak yoki oshqozon atrofida noqulaylik va og‘riq kuzatilsa, shifokor kardiologga murojaat qilishni tavsiya etamiz.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Indamas qotil: ateroskleroz kasalligi necha yoshdan boshlanadi?