07:30 / 10.03.2024
86

Ayollar kosmetikasi tarkibidagi zararli moddalar ro‘yxati

Ayollar kosmetikasi tarkibidagi zararli moddalar ro‘yxati
Foto: Pinterest
AQSHda kosmetik vositalar ishlab chiqarishda qo‘llanadigan 38 xil modda taqiqlangan. Biroq, afsuski, ulardan oltitasi hali ham kosmetikada muntazam ravishda qo‘llanadi. Ular qaysi moddalar va nimasi bilan xavfli?

Liliya aldegidi (Butylphenyl methylpropional) — kosmetikaga yoqimli liliya guli hidini beruvchi moddadir. U kuchli yallig‘lanishni keltirib chiqarishi mumkin. Shuningdek, ushbu modda reproduktiv va endokrin tizimi uchun zararli deb topilgan.

Atsetaldegid (Uksusli aldegid, etanol) — oziq-ovqatlar konservanti, erituvchi va kosmetikada parfyumeriya sifatida qo‘llanadi. U turli mevalar, asosan, olma hidini beradi. Yuqori miqdorda ishlatilganda terini qizartiruvchi va allergiya beruvchi xususiyatga ega.

Siklotetratsiloksan (Cyclotetrasiloxane) — kremniy asosidagi tarkibiy qism bo‘lib, shampunlar, konditsionerlar, sochga sepadigan lak va zardoblarga qo‘shiladi. Boshqa silikonlar singari sochlar jiloli va silliq bo‘lishini ta’minlaydi. Teri va soch yuzasida to‘planmasa ham, u suv ta’minotida qolishi mumkin. Ushbu modda endokrin tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bugungi kunda yirik kosmetika brendlari ushbu moddadan foydalanmaydi. Siklotetratsiloksanni o‘z ichiga olgan kamida 120 ta mahsulot mavjud. Ularga barcha turdagi praymerlar, tonal kremlar, ko‘z podvodkasi, soch uchun kosmetika va boshqalar kiradi.

Fitonadion (Vitamin K) — yuz zardoblari va, ayniqsa, ko‘z atrofidagi teri uchun mo‘ljallangan kremlar tarkibida uchraydi. Ushbu modda ko‘z tagidagi qora dog‘larga foydali, degan nazariya mavjud. Ammo ushbu qo‘shimchaning kuchli allergiya berish va ko‘zni yallig‘lash ehtimoli yuqori. Tibbiyotda fitonadion qonning ivishi bilan bog‘liq kasalliklarda qo‘llanadi.

Formaldegid — kontaminant va kanserogen modda bo‘lib, sochni tekislovchi keratin va relaksator kabilar tarkibida uchraydi. Ushbu mahsulotni qo‘llash paytida qizdirilganda formaldegid rangsiz gaz bo‘lib ajralib chiqadi va shamollatilmagan xonada qolib ketgan bunday gaz nafas yo‘li va o‘pka uchun zaharli modda sifatida ta’sir qiladi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, sochlarni kimyoviy tekislash vositalaridan foydalanadigan ayollarda bachadon saratoni rivojlanish xavfi yuqori bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Ayollar kosmetikasi tarkibidagi zararli moddalar ro‘yxati