Bosh aylanishi charchoq va behuzurlikning to‘satdan paydo bo‘luvchi alomati bo‘lib, bunday holatda inson muvozanatni yo‘qotadi, tevarak atrof tebranayotgandek tuyuladi. Ba’zi insonlarda bu kasallik ko‘ngil aynishi va qayt qilish bilan birga kechadi.
Ushbu simptomlar 80 dan ortiq turdagi kasalliklarda uchraydi, jumladan: vestibulyar apparat, yurak-qon tomir tizimi, bosh miyada qon aylanishining buzilishi, umurtqa pog‘onasi to‘qimalarining shikastlanishi, kamqonlik va boshqalar bilan bog‘liqdir. Kasalliklarning ma’lum qismi salomatlik uchun jiddiy xavf solmaydi, ammo ular orasida og‘ir turdagi kasalliklar ham mavjud.
Foto: IStock
Keskin bosh aylanishi va ko‘ngil aynishning keng tarqalgan sabablari:
- Bo‘yin osteoxondrozi — kasallik bosh aylanishi, keskin harakat yoki tana holatini o‘zgartirgandan so‘ng qayt qilish kabi simptomlar bilan kechadi;
- Labirintit — quloq ichki qavatining yallig‘lanishi. Kasallik bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi bilan birga eshitish qobiliyatining pasayishi va quloqdan yiring oqishi bilan tavsiflanadi;
- Koxleovestibulyar sindrom — vestibulo-koxlear nervning vestibulyar qismi yallig‘lanishi. Bunda ham to‘satdan harakatlar qilganda bosh aylanishi paydo bo‘ladi. Kasallik 30 yoshdan oshgan ayol va erkaklarda birdek uchrashi mumkin. Uning boshqa nomi — vestibulyar nevrit;
- Quloq ichki qismining yallig‘lanishi — Mener kasalligi. Bunda endolimfa suyuqligi ko‘payib, ichki quloq bosimi oshadi, bosh aylanadi, qusish, eshitish qobiliyatini yo‘qotish va quloqlarda shovqin kabi belgilar namoyon bo‘ladi;
- Bosh miya shikastlanishi;
- Insult. Bu jiddiy kasallikda muvozanatni yo‘qotish bilan birga ko‘rish va nutq bilan muammolar yuzaga keladi, doimiy zaiflik va qusish bezovta qiladi;
- Bazilyar migren. Mazkur surunkali nevrologik kasallik sanaladi (ayollarda kuchli bosh aylanishining sababi);
- Dorilarning nojo‘ya ta’siri — dozani oshirib yuborish yoki organizmning individual qabul qila olmaslik sabablariga ko‘ra doridan so‘ng ko‘ngil aynishi;
- Xolesterin darajasining oshishi, ateroskleroz, qon bosimi tushishi;
- Hayz, menopauza va homiladorlik davri;
- Stress, uyqusizlik, doimiy tashvishda bo‘lish, noto‘g‘ri ovqatlanish kabilar.
Foto: Shutterstock
Ko‘ngil aynishi va bosh aylanishini bartaraf etish usullari:
- ko‘ngil behuzur bo‘lgan payt gorizontal holatda bo‘lish, oz-ozdan mineral suv ichish, ovqatlanmaslik tavsiya etiladi;
- agar ko‘ngil aynishi stress tufayli yuzaga kelgan bo‘lsa, unda bemor o‘tirib, dam olishi, ko‘zni yumib va kamida 2-3 daqiqa burundan chuqur nafas olishi, diqqatni nafas olishga qaratishi kerak;
- ko‘ngil aynishdan tashqari, bosh aylanishi kuzatilsa, o‘tirish yoki yotish kerak. Keskin harakatlanmaslik muhim;
- bemor xonasiga toza havo kirishini ta’minlash: derazani ochish, ventilyatorni yoqish orqali xonani shamollatish yordam beradi;
- agar har safar ovqatdan keyin ko‘ngil aynishi kuzatilsa va bu bir necha kun davom etsa, kasallikni aniqlash va davolanishni boshlash uchun albatta shifokorga murojaat qilish zarur.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi