Foto: Getty Images
Tongni qahva bilan boshlash kerak degan ibora bugungi kunga kelib o‘z ahamiyatini yo‘qotdi. Zamonamizda sog‘lig‘i haqida qayg‘uradigan shaxslar tongini bir piyola iliq suv bilan boshlaydi. Och qoringa iliq suv ichish organizmda metabolizm jarayonini ishga tushirishga, uni uyg‘otishga hamda oshqozon-ichak faoliyatini yaxshilashga yordam beradi. Qo‘shimcha tariqasida suvga foydali elementlar, masalan zarchava qo‘shilsa, immunitetni ko‘taruvchi ichimlikka aylanadi.
Zarchavaning foydali xususiyatlari
Zarchava yoki kurkuma nafaqat pazandalikda, balki tibbiyotda ham faol qo‘llaniladi. Uning tarkibida B guruhi vitaminlari, askorbin kislotasi, filloxinon, kalsiy, temir, fosfor, yod va efir moylari mavjud. Bir osh qoshiq zarchava marganetsga bo‘lgan kunlik ehtiyojning 26 foizini, temirning 16 foizini, kaliyning 5 foizini va C vitaminining 3 foizini ta’minlaydi.
Ertalab zarchavali iliq suv ichishning qanday ta’siri bor?
Zarchava yallig‘lanishga qarshi kuchli dorivor o‘simlik va antioksidantdir. Agar organizmda surunkali yallig‘lanish jarayonlari davom etaversa, yurak-qon tomir kasalliklari, neyrodegenerativ jarayonlar, metabolik kasalliklar va hatto saraton rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Tongda zarchava qo‘shilgan bir stakan suv shu kabi ko‘plab xavfli patologiyalarning oldini oladi.
Bunday ichimlik qon tomirlar endoteliyasini yaxshilaydi, ularning mustahkamligi va elastikligini oshiradi. Zarchava “zararli xolesterin” deb ataladigan past zichlikdagi lipoproteinlar darajasini pasaytiradi. Bunday xolesterinning ortiqcha miqdori qon tomirlar aterosklerozining rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Zarchavani muntazam iste’mol qilish Alsgeymer kasalligining rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi.
Ertalab zarchavali suv ichish saraton xavfini kamaytiradi
Foto: iStock
Kurkuma qonga glyukoza so‘rilishini kuchaytiradi va oshqozon osti bezidagi beta hujayralar faoliyatini yaxshilaydi, bu esa o‘z navbatida, qand kasalligi rivojlanishining oldini oladi.
3 hafta davomida har kuni ertalab zarchavali suv ichsangiz, ortiqcha vazndan hamda tanadagi shishlardan xalos bo‘lishingiz mumkin. Sababi, yuqorida aytib o‘tilganidek, och qoringa suv ichish metabolik jarayonlarni tezlashtirishga yordam beradi. Zarchava esa o‘t pufagida suyuqlik ishlab chiqarishni faollashtiradi. Safro oqimi ko‘payishi natijasida ovqat hazm qilish jarayonlarini optimallashadi.
Ertalabki zarchavali suv antidepressant — tushnuklikdan xalos etuvchi ta’sirga ham ega. Albatta, kurkumani depressiyaga qarshi kurashda mustaqil vosita sifatida qarash kerak emas. Mazkur o‘simlik faqat yordamchi vosita sifatida ta’sir qiladi.
Tongda zarchavali suvni qanday tartibda ichish lozim?
Buning uchun bir stakan iliq suvga 0,5 choy qoshiq zarchava qo‘shing va quyqalar qolmasligi uchun yaxshilab aralashtiring. Ichimlikka ta’bga ko‘ra turli ziravorlar — qora qalampir, dolchin, zanjabil, asal yoki limon sharbati qo‘shish mumkin. Qora murch zarchavaning shifobaxsh ta’sirini 20 barobar kuchaytirib beradi. Bunday suvni ertalab uyg‘ongandan so‘ng ichish tavsiya etiladi.
Ichimlikning harorati iliq (40 ° C) yoki xona haroratida bo‘lishi lozim. Zarchavali suvdan so‘ng 30-60 daqiqa ichida nonushta qilmaslikka rioya qiling. Bu vaqtda bir stakandan ko‘p bo‘lmagan miqdorda oddiy suv ichish mumkin.
Zarchavali suv kimlarga tavsiya etilmaydi?
- homilador va emizikli ayollar;
- o‘t pufagida avval tosh aniqlangan shaxslar;
- allergiyasi borlar;
- qandli diabetga chalinganlar;
- qon bosimi past insonlar;
- oshqozon-ichak kasalliklarining o‘tkir davrini o‘tkazayotgan bemorlar. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi