16:38 / 23.06.2024
179

Olimlar Alsgeymer kasalligida xotira yomonlashishini to‘xtatish usulini topdi

Olimlar Alsgeymer kasalligida xotira yomonlashishini to‘xtatish usulini topdi
Foto: Eirmed
Tadqiqotchilar PHDP5 sintetik molekulasi yordamida sichqonlarda Alsgeymer kasalligining alomatlarini muvaffaqiyatli yengillashtirdi.

"PHDP5 kichik sintetik molekula bo‘lib, xotira uchun mas’ul bo‘lgan miya sohalariga kirishga qodir. Ko‘pgina dorilardan farqli o‘laroq, PHDP5 miya va tananing qon aylanish tizimini ajratib turadigan qon-miya to‘sig‘ini yengishi mumkin", — deyiladi xabarda.

Tajribalar shuni ko‘rsatdiki, PHDP5 sinapslarni — signal uzatish uchun zarur bo‘lgan va Alsgeymer kasalligida ko‘pincha yo‘q bo‘lib ketadigan nerv hujayralari orasidagi aloqalarni himoya qiladi. Ushbu molekuladan foydalanish natijasida sichqonlarda o‘rganish va xotira ko‘rsatkichlari sezilarli darajada yaxshilangan.

Odatda yangi dori yaratish uchun taxminan 20 yil kerak bo‘lsa-da, tadqiqot mualliflari PHDP5 holatida ijobiy natijalar tufayli bu jarayon tezlashishiga umid bildirgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Olimlar Alsgeymer kasalligida xotira yomonlashishini to‘xtatish usulini topdi