14:19 / 21.07.2024
247

Issiqda ko‘p terlamaslikning 3 ta sinalgan usuli

Issiqda ko‘p terlamaslikning 3 ta sinalgan usuli
Inson tanasida uch millionga yaqin ter bezlari mavjud. Terlashning o‘zi tabiiy fiziologik jarayon bo‘lib, teri orqali tanadan toksinlar va zararli moddalar ham chiqib ketadi.

Issiq havoda inson organizmida o‘ziga xos “konditsioner” — termoregulyatsiya ishga tushadi. U tanani sovitib, haddan tashqari qizib ketishining oldini oladi.

Foto: Dzen
Aslida terining hidi bo‘lmaydi, ular shunchaki tuzlar va organik moddalarni o‘z ichiga olgan suyuqlikdir. Yoqimsiz hidning sababchisi toza bo‘lmagan tana va bakteriyalardir.

Kundalik foydalanadigan dezodarant va antiperspirantlar yanada samarali ta’sir qilishi uchun sizga quyidagi xalqona usullardan foydalanishni tavsiya qilamiz.

Mavrak choyi

Foto: Dzen
Tananing haddan ortiq terlashi tibbiyot tili bilan aytganda gipergidroz kasalligidir. Unga qarshi mavrakdan tayyorlangan choy va damlama foyda berishi isbotlangan. Mavrak tarkibidagi flavonoidlar, alkaloidlar, ursol kislotasi va olein kislotasi tufayli organizmdan ortiqcha namlik chiqishini kamaytiradi.

Talk kukuni

Foto: Dzen
Xushbo‘y ifor bilan to‘yingan talk yoki chaqaloqlar uchun mo‘ljallangan upa ham ortiqcha terlashda samarali hisoblanadi. Bolalar upasi nafaqat chaqaloq terisini qizarish va shikastlanishdan himoya qiladi, balki namlikni o‘ziga tortib olish xususiyatiga ham ega. Siz shunchaki terlash kuchaygan joylarga ozgina moddani qo‘llashingiz kerak. Bunday usulning yagona salbiy tomoni — talkni kun davomida bir necha marotaba yangilab turish kerak.

Olma sirkasi

Foto: Dzen
Kechasi uyqudan avval qo‘ltiq sohasiga olma sirkasini surtish, so‘ng ertalab dushda yuvib tashlash hamda doimgidek dezodarant qo‘llash metodi ham mavjud.

Ortiqcha terlashga qarshi usullarning qaysi biridan foydalanishingizdan qat’i nazar shifokor bilan maslahatlashishni unutmang, chunki gipergidroz menopauza yoki jiddiy kasalliklar borligidan ogohlantiruvchi belgi bo‘lishi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Issiqda ko‘p terlamaslikning 3 ta sinalgan usuli