Milliy tibbiyot markazi nevropatologi Jasurbek Kabilov ma’lumotlari shu haqda.
Polineyropatiya — bu periferik nervlarning shikastlanishi, bu holat ehtimoliy sabablarga ko‘ra nerv sistemasining harakat, sezgi, trofik va vegetotomir bo‘zilishlari. Polineyropatiya ikki asosiy turga bo‘linadi: o‘tkir va surunkali.
O‘tkir polineyropatiya
O‘tkir polineyropatiya — bu keng tarqalgan, tez rivojlanuvchi periferik nerv tolalarining shikastlanishdir. Uning asosiy sabablari:
1. Infeksiyalar: Masalan, viruslar (gripp, sitomegaliya, endemik ensefalit, gepatit S, gerpes, mononukleoz, VICH) yoki bakteriyalar (gemolitik streptokokk, brusellyoz, botulizm, difteriya, lepra, neyrosifilis, toksoplazmoz).
2. Toksik ta’sirlar: Zaharli moddalar, alkogol, ayrim dori-darmonlar (misol, ximioterapiya).
3. Avtoimmun reaksiyalar: Masalan, Giyena-Barre sindromi, Sindrom Fisher, nevralgik yelka amiotrofiyasi - bu immun tizimi o‘z nervlariga qarshi kurash olib boradi.
4. Metabolik buzilishlar: Qandli diabet va vitamin yetishmovchiligi, paraneoplastik sindrom.
Alomatlari
- Tez rivojlanuvchi quvvatsizlik va karaxtlik.
- Uvishish va sezgi buzilishi(oshishi yoki pasayishi).
- Qo‘l va oyoqlar og‘riq (ezuvchi va sanchuvchi).
- Diafragma va avtonomik nerv tizimi buzilishlari.
- Mushaklar atrofiyasi va teri quruqlashishi.
Diagnostikasi
- Tibbiy anamnez va simptomlarning tahlili.
- Nevrologik tekshiruv.
- Elektromiografiya (EMG) va nerv provodilishini tadqiqot.
- Laborator analizlar (viruslar, toksik moddalar).
- Orqa miya suyuqligi tekshiruvi.
Davolash
Maqsadli terapiya:
- Asosiy kasallikni davolash (infeksiyalar yoki metabolik buzilishlar).
- Plazmoforez.
- Immunitetni pasaytiruvchi dori vositalari (avtoimmun holatlarda).
- Alfalipoliy kislota va vitamin V kompleks.
- Og‘riqsizlantiruvchi preparatlar.
- Fizioterapiya.
- Psixoterapiya va stressni boshqarish dasturlari, chunki psixologik holat polineyropatiya simptomlarini kuchaytirishi mumkin.
Surunkali polineyropatiya
Surunkali polineyropatiya — bu uzoq vaqt davomida rivojlanuvchi, odatda 6 oydan ortiq davom etadigan periferik nerv tolalarining shikastlanish. Uning sabablari:
1. Diabet: Uzoq muddatli giperglikemiya nervlarga shikast yetkazishi mumkin.
2. Alkogolizm: Vitamin B1, B, B12 va Ye boshqa muhim vitaminlarning yetishmovchiligi.
3. Toksik moddalar: Zaharli moddalar, ximikalar, dori-darmonlar.
4. Avtoimmun kasalliklar: Misol, sistemali eritematoz lupus.
5. Mutatsiyalar: Genetik kasalliklar (masalan, Xarleyn sindromi).
6. Suyak kumigi kasalliklari: Qonda anomal oqsil ishlab chiqarilishi fonida rivojlanadi(monoklonal gammopatiya), miyelom kasalligi.
Alomatlari
- Uzoq muddatli rivojlanuvchi quvvatsizlik va karaxtlik.
- Qo‘l va oyoqlari uvishish va sezgi buzilishi(oshishi yoki pasayishi).
- Qo‘l va oyoqlar ogriq (ezuvchi va sanchuvchi).
- Mushaklar atrofiyasi va teri quruqlashishi.
- Koordinatsiya buzilishlari (chayqalish va yiqilish).
- Vegetativ nerv tizimi o‘zgarishlari (issiqni ko‘tara olmaslik xissi, ko‘p terlash, xazm qilish sistemasi buzilishlari, qon bosimi o‘zgaruvchanligi)
Diagnostikasi
- To‘liq tibbiy anamnez.
- Nevrologik tekshiruv.
- Elektromiografiya (EMG) va nerv o‘tkazuvchanligini tadqiqoti.
- Laborator analizlar (qondagi qand, vitaminlar).
Davolash
- Asosiy kasallikni davolash (masalan, qandli diabet, gipovitaminoz).
- Alfalipoliy kislota va vitamin V kompleks.Og‘riqsizlantiruvchi davo.
- Vitaminlar va minerallar bilan ta’minlash.
- Fizioterapiya.
- Og‘riqsizlantiruvchi preparatlar.
Fizioterapiya (Elektr stimulyasiyasi (TЕNS) — og‘riqni kamaytirish uchun).Psixoterapiya va stressni boshqarish dasturlari, chunki psixologik holat polineyropatiya simptomlarini kuchaytirishi mumkin.
Polineyropatiyani davolash individual va kompleks bo‘lishi kerak. Har bir bemorning holati va sabablari hisobga olinishi muhim. Agar sizda simptomlar yoki savollar bo‘lsa, shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi. Zamonaviy davolash usullari kasallikning oqibatlarini kamaytirish va bemorning hayot sifatiga yordam berishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi