date

Go‘zalligi bois yo‘qolish xavfida qolgan salyanguslar

Go‘zalligi bois yo‘qolish xavfida qolgan salyanguslar
Sharqiy Kubada yashovchi noyob Polymita daraxt salyanguslari chiroyli qobiqlari tufayli yo‘q bo‘lish arafasida. Rang-barang va bezakli qobiqlar kolleksionerlar orasida mashhur bo‘lib, bu holat salyanguslarning tabiiy muhitdagi sonini keskin kamaytirmoqda.

Kubalik va britaniyalik olimlar bu turdagi salyanguslarni saqlab qolish maqsadida ularni sun’iy sharoitda ko‘paytirishga harakat qilmoqda. Eng xavf ostidagi turi — Polymita — och yashil, ko‘k va sariq rangli chiroyli naqshlarga ega.

Mutaxassislarning fikricha, salyanguslarning aynan shu go‘zalligi ularni xavf ostiga qo‘ygan. Ularning DNKsi o‘rganilmoqda, bu orqali ranglarning genetik sabablari aniqlanishi va turlarni aniqlashtirish rejalashtirilgan.

Qobiq savdosi xalqaro miqyosda cheklangan bo‘lsa-da, ayrim mamlakatlarda hali ham erkin davom etmoqda. Internetda Polymita qobiqlari 160 funt sterlinggacha(taxminan 2.7 million so‘m) sotilayotgani kuzatilgan.

Olimlar salyanguslarni yo‘q bo‘lib ketishdan avval ularning biologik sirlarini ochishga umid qilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Go‘zalligi bois yo‘qolish xavfida qolgan salyanguslar