Rossiyaning Moskva aviatsiya instituti olimlari organizmga zarar yetkazmasdan faqat o‘smalarni yo‘q qilishga qodir nanozarrachalarni yaratish ustida ish olib bormoqda. Ular temir ionlariga asoslangan 36 xil tarkibni sinab ko‘rib, eng samaralisini hayvonlarda sinovdan o‘tkazmoqda.
Yangi dori ferroptoz asosida ishlaydi — bu jarayonda temir ionlari rak hujayralarini zaharli molekulalar orqali yo‘q qiladi. Bu usul sog‘lom to‘qimalarga minimal ta’sir ko‘rsatishi va kimyo terapiyasiga nisbatan ancha yumshoq bo‘lishi bilan ajralib turadi.
Shuningdek, Rossiyada Gamaleya markazi tomonidan melanomaga qarshi ilk mahalliy vaksina yaratildi. Bu yutuqlar nafaqat dunyo ilm-fani, balki O‘zbekiston tibbiyoti uchun ham ilhom manbai bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Manba: Peopletalk