Uzum — qadimdan inson parhezining ajralmas qismi bo‘lib kelgan shirin va foydali meva. U nafaqat mazasi, balki tarkibidagi qimmatli moddalar bilan ham qadrlanadi.
Tarkibida A, C, K vitaminlari, kaliy, magniy, temir va ko‘plab antioksidantlar mavjud. Ular immunitetni mustahkamlaydi, hujayralarni erkin radikallardan himoya qiladi va qarish jarayonini sekinlashtiradi.
Uzum yurak-qon tomir salomatligiga foydali bo‘lib, qon aylanishini yaxshilaydi va qon bosimini me’yorda ushlab turishga yordam beradi. Undagi kaliy va flavonoidlar yurak faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi.
Meva ovqat hazm qilish tizimini mustahkamlaydi. Tarkibidagi tolalar ichak faoliyatini normallashtiradi, qabziyatning oldini oladi va oshqozon-ichak kasalliklariga qarshi samarali ta’sir ko‘rsatadi.
Uzum suvi va yangi donalari buyrak va jigar faoliyatini yaxshilaydi, organizmdan toksinlarni chiqaradi. Tabiiy diuretik sifatida ortiqcha suyuqlikni ham chiqaradi.
Shirinligi yuqori bo‘lsa-da, undagi tabiiy fruktoza tez hazm bo‘ladi va tezkor energiya manbai hisoblanadi. Sportchilar uchun u a’lo tabiiy “energiya zaryadi”dir.
Shifokorlar uzumni yangi yoki quritilgan holda iste’mol qilishni tavsiya etadi. Har ikkala holatda ham u organizm uchun foydali moddalar manbai bo‘lib qoladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!