date

Bedana tuxumini xom iste’mol qilmoqchimisiz? Avval bu tavsiyalarni o‘qing!

Bedana tuxumini xom iste’mol qilmoqchimisiz? Avval bu tavsiyalarni o‘qing!

So‘nggi yillarda sog‘lom ovqatlanish tarafdorlari orasida bedana tuxumiga qiziqish keskin oshdi. Ko‘pchilik bu mahsulotni superfood — ya’ni foydali va tabiiy oziq deb hisoblaydi. Haqiqatan ham, bedana tuxumining tarkibida organizm uchun kerakli ko‘plab vitamin va minerallar mavjud. Ammo uni to‘g‘ri iste’mol qilish qoidalariga amal qilmaslik sog‘ligingizga jiddiy zarar yetkazishi mumkin.

Bedana — tovuqlarga nisbatan turli kasalliklarga chidamli qush hisoblanadi. Ularni parvarish qilishda antibiotiklar, gormonlar yoki zararli kimyoviy qo‘shimchalardan foydalanilmaydi. Shu bois, ularning tuxumi ekologik toza va tabiiy oziq hisoblanadi. Buni hisobga olgan holda, ko‘pchilik bedana tuxumini xomligicha iste’mol qilishga intiladi.

Biroq muhim jihatni unutmaslik lozim: har qanday tuxum yuzasida mikroblar, xususan, salmonella bo‘lishi ehtimoli saqlanib qoladi. Bedanalar ushbu virusga nisbatan immunitetga ega bo‘lishiga qaramay, noto‘g‘ri saqlash va tashish natijasida qobiq yuzasiga infeksiya tushishi mumkin. Shu sababli, xom tuxumni iste’mol qilishdan avval uni albatta issiq suvda yuving, hech bo‘lmaganda qaynoq suvni ustidan to‘kib oling.

Yana bir muammo — tuxum qobig‘ini ochishdagi noqulaylik. Ko‘pchilik tuxumni qo‘l bilan ocharkan, qobiqning mayda bo‘laklari ichkariga tushib ketishini kuzatgan. Bu esa ovqat tayyorlashda gigiena va estetikaga putur yetkazadi. Bunday holatlarning oldini olish uchun esa bozorda mavjud bo‘lgan maxsus bedana tuxumi ochadigan qaychi yoki asboblardan foydalanish tavsiya etiladi.

Xulosa qilib aytganda, bedana tuxumi — organizm uchun foydali, ammo uni iste’mol qilishdan oldin gigiena qoidalariga amal qilish muhim. Sog‘ligingizga befarq bo‘lmang — foydali mahsulotni ham oqilona tanlab va ehtiyotkorlik bilan iste’mol qiling.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Bedana tuxumini xom iste’mol qilmoqchimisiz? Avval bu tavsiyalarni o‘qing!