Bugungi kunda smartfon, planshet va noutbuklar inson hayotining ajralmas qismiga aylangan. Biroq mutahassislar bu gadjetlardan noto‘g‘ri foydalanish sog‘liqqa salbiy ta’sir ko‘rsatishi haqida jiddiy ogohlantirishmoqda. Xususan, boshni oldinga ortiqcha egib turish bo‘yin salomatligiga sezilarli zarar yetkazishi mumkin.
Odatda odam telefondan foydalanganda uni ko‘z balandligida ushlamaydi, balki boshini oldinga va pastga qaratib turadi. Bu holatda bo‘yin mushaklari va umurtqa pog‘onasiga ortiqcha bosim tushadi. Boshning qanchalik ko‘p egilishi, bo‘yin umurtqasiga tushadigan yuk shunchalik ortib boradi.
Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, agar bosh 15 darajaga egilsa, bo‘yin umurtqasiga taxminan 12 kilogramm og‘irlikka teng bosim tushadi. Agar bosh 60 darajagacha egilsa, ushbu bosim qariyb 27 kilogrammga yetadi. Bu esa umurtqa pog‘onasi uchun juda katta yuk hisoblanadi.
Ortiqcha bosim bo‘yin umurtqasida suyak va paylar shaklini o‘zgartirishi, mushaklarning tartibsiz holatda ishlashiga olib kelishi mumkin. Vaqt o‘tishi bilan bunday holatlar bo‘yin grijasi, doimiy og‘riqlar, bosh aylanishi va hatto asab tizimi muammolarini keltirib chiqaradi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!