Glyukoza inson organizmi uchun asosiy energiya manbaidir

Salomatlik1 daqiqa o'qish434
Glyukoza inson organizmi uchun asosiy energiya manbaidir

Glyukoza inson tanasida hayotiy ahamiyatga ega moddalardan biri hisoblanadi. Uning asosiy vazifasi — organizmni energiya bilan ta’minlashdir. Glyukoza qon orqali hujayralarga yetib borib, u yerda maxsus biokimyoviy jarayonlar yordamida parchalanadi. Natijada organizm uchun eng muhim energiya manbai sanaladigan adenozintrifosfat (ATF) molekulasi hosil bo‘ladi. ATF esa barcha biologik jarayonlar, jumladan, nafas olish, yurak urishi, mushaklar harakati va hatto miya faoliyati uchun zarur quvvatni ta’minlaydi.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, glyukoza ayniqsa miya uchun juda muhim. Chunki inson miyasi boshqa organlarga nisbatan ko‘proq energiya talab qiladi. Shu sababli, miyaning to‘g‘ri ishlashi va diqqatni saqlash uchun qon tarkibidagi glyukoza miqdori yetarli bo‘lishi kerak. Agar organizmda glyukoza tanqisligi kuzatilsa, miya faoliyati sekinlashadi, insonda charchoq, bosh aylanishi va hatto hushdan ketish holatlari ro‘y berishi mumkin.

Sog‘lom insonlarda qon tarkibidagi glyukoza darajasi ma’lum me’yorda saqlanadi. Oddiy holatda och qoringa qonning glyukoza miqdori 3,9–5,5 mmol/l atrofida bo‘ladi. Agar bu ko‘rsatkich me’yordan oshib ketsa, giperglikemiya holati — ya’ni qonda glyukoza darajasining yuqorilashi kuzatiladi. Aksincha, glyukoza darajasi keskin pasayib ketsa, gipoglikemiya yuzaga keladi. Ikki holat ham inson salomatligi uchun xavfli hisoblanadi.

Shuning uchun organizm qon tarkibidagi glyukoza miqdorini doimiy ravishda nazorat qilib turadi. Bu jarayonda asosiy rolni gormonlar — insulin va glyukagon bajaradi. Insulin qondagi glyukoza ko‘paya boshlaganda uni normal darajaga tushirish vazifasini o‘taydi. Glyukagon esa aksincha, qon tarkibida glyukoza miqdori kamayganda uni oshirishga yordam beradi. Ushbu muvozanat organizmda hayotiy jarayonlarni barqaror saqlash uchun juda zarur.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?