date

Nega milk shishadi va uni qanday bartaraf etish mumkin?

Nega milk shishadi va uni qanday bartaraf etish mumkin?
Milk shishishi — tish va milk orasidagi to‘qimalarning yallig‘lanishi yoki suyuqlik yig‘ilishi natijasida yuzaga keladigan holat bo‘lib, tibbiy tilda “gingivit” deb ataladi. Bu og‘iz bo‘shlig‘i salomatligi uchun jiddiy tahdid hisoblanadi. Deyarli har bir inson hayotida kamida bir marta milk shishishi bilan duch kelishi mumkin.
Eng ko‘p uchraydigan sabab — og‘iz gigiyenasiga yetarlicha e’tibor berilmasligi. Tish oralarida qolgan ozuqalar bakteriyalar uchun qulay muhit yaratadi va ular milkda yallig‘lanishga sababchi bo‘ladi. Shuningdek, gormonal o‘zgarishlar (o‘smirlik, homiladorlik, hayz ko‘rish), immunitetning pasayishi va vitamin C yetishmasligi ham milk to‘qimasini zaiflashtiradi.
Qolaversa, sigareta chekish, diabet, yurak-qon tomir kasalliklari, ayrim dorilar (qon bosimini tushiruvchi, antidepressantlar, immunitet pasaytiruvchi vositalar) ham milk shishishiga olib kelishi mumkin. Noto‘g‘ri o‘rnatilgan protezlar, qattiq tish yuvish yoki noto‘g‘ri tozalash texnikasi ham milkni shikastlaydi.
Milk salomatligini asrash uchun tish va og‘iz gigiyenasiga qat’iy rioya qilish, muntazam stomatolog ko‘rigidan o‘tish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish muhim hisoblanadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Nega milk shishadi va uni qanday bartaraf etish mumkin?