09:52 / 23.05.2015
14 183

Sovuq havo issiq havodan ko‘ra odamlarning umriga 17 marta ko‘proq zomin bo‘lishi ma’lum qilindi

Sovuq havo issiq havodan ko‘ra odamlarning umriga 17 marta ko‘proq zomin bo‘lishi ma’lum qilindi

Olimlar odamlar issiq havodan ko‘ra sovuq havodan 17 marta ko‘proq halok bo‘lishlarini aniqlashdi. Bu haqdagi maqola The Lancet jurnalida chop etildi, deb yozmoqda Kun.uz.

“Bizning tadqiqotimizdan maqsad atrof-muhit haroratining mo‘’tadil haroratdan farqlanishi hisobiga sodir bo‘ladigan umumiy o‘lim holatlari, ya’ni issiq va sovuq havoning hamda o‘rtacha va ekstremal harorat og‘ishlarining bunga qo‘shadigan ulushini baholashdan iborat edi. Biz bunda o‘limning haroratga bog‘liqligiga taalluqli bo‘lgan murakkab va turli ma’lumotlarni statistik modellashtirishning zamonaviy usullaridan foydalandik”, deb aytilmoqda London Gigiena va tropik tibbiyot maktabi o‘qituvchisi Antonio Gasparrini va uning hamkasblari tomonidan tayyorlangan maqolada.

Tadqiqot doirasida olimlar 13ta davlat, jumladan Shvesiya, Kanada, Braziliya, Tayvan va Tailandda joylashgan 384ta aholi punktidan ma’lumotlarni yig‘ishdi. Hammasi bo‘lib tadqiqotda 74 milliondan ko‘proq o‘lim holati ko‘rib chiqildi.

Olimlar har bir davlat uchun o‘lim holatlari eng kam bo‘lgan ob-havo sharoitlaridagi o‘rtacha havo haroratini hisoblab chiqishdi. So‘ngra olimlar issiq yoki sovuq harorat hisobiga o‘lim holatlarining qanday qismi to‘g‘ri kelishini aniqlashdi. Natijada ular o‘limlarning katta qismi, taxminan 7,29 foizi sovuq havoga, o‘rtacha sovuq havoga esa 6,6 foizi to‘g‘ri kelishi haqidagi xulosaga keldilar. Ham sovuq, ham issiq havoning ekstremal ko‘rsatkichlari bor-yo‘g‘i 0,86 foiz o‘limga sabab bo‘lganligi aniqlandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Sovuq havo issiq havodan ko‘ra odamlarning umriga 17 marta ko‘proq zomin bo‘lishi ma’lum qilindi