O‘zbekistonda kuzga qadar «Tibbiy sug‘urta to‘g‘risida"gi qonun loyihasi konsepsiyasini ishlab chiqish rejalashtirilmoqda. Dushanba kuni Lex.uz saytida e’lon qilingan Prezidentning «Sog‘liqni saqlash sohasida xususiy sektorni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori shu haqda so‘z boradi, deb yozadi "Sof.uz" nashri.
Qonunda har bir fuqaroning tibbiy sug‘urta tizimiga qamrab olinishi, bunda umumiylik va majburiylikni ko‘zda tutilishi rejalashtirilgan.
Unda har bir fuqaroning tibbiy va profilaktik xizmatlardan foydalanishda teng huquqlarga ega bo‘lishi, shuningdek sug‘urta polisiga mos raivshda yuqori sifatli tibbiy xizmatlar taqdim etilishi kafolatlari belgilanadi.
Majburiy va ko‘ngilli tibbiy sug‘urta tizimida ishtirok etuvchi fuqarolar uchun rag‘batlantiruvchi imtiyoz va preferensiyalar ishlab chiqilishi zarur.
Shuningdek qonunda ko‘ngilli va majburiy tibbiy sug‘urtaning qonuniy asoslari, tibbiy va profilaktik xizmatlar uchun tariflarni boshqarish masalalari, sug‘urta majburiyatlari, sug‘urta badallari va sug‘urta to‘lovlari hajmlarini boshqarish mexanizmlari ham belgilab qo‘yilishi lozim.
Tibbiy sug‘urta mablag‘larini boshqarish uchun Majburiy sug‘urta jamg‘armasi tashkil etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
FIFA rasmiy saytida termamiz futbolchisi haqida juda iliq fikrlar bildirildi
Rossiyada yadroviy portlashdan himoyalovchi mobil boshpanalarni seriyali ishlab chiqarish boshlandi