11:27 / 19.08.2017
12 926

Bosh og‘rig‘ining asosiy sabablari

Bosh og‘rig‘ining asosiy sabablari
Bosh og‘rishi deyarli har birimizda uchraydigan holat. Ba’zida u bizni ishdan qoldiradi, ba’zida asabiylashishimizga sabab bo‘ladi, ba’zida esa charchatib qo‘yadi. Bosh og‘rig‘ining 10 asosiy sababi quyidagilardan iborat:

1. Stress
Ba’zida stress, ko‘p ishlash va asabiylashish bosh og‘riqqa olib kelishi mumkin.

2. Ob-havo va undagi o‘zgarishlar
Havo haroratining o‘zgarishi, quyosh nurlarining etishmasligi va atmosfera bosimini o‘zgarishi asab tizimiga salbiy ta’sir etishi mumkin.

3. Gormonlar o‘ynashi
Bu ko‘proq ayollarga tegishli bo‘lgan holat bo‘lib, ovulyasiya davrida gormonlar balansi buzulganligi natijasida ro‘y beradi.

4. Alkogol ichimliklar
Alkogol ichimliklar, ayniqsa qizil vino «boshga uradi».

5. Ochlik

Uzoq vaqt davomida och bo‘lib qolish, organizmda toksinlarni ko‘payishiga olib keladi, bu esa bosh og‘riqni yuzaga keltiradi.

6. Uyqusizlik yoki aksincha, ko‘p uxlash
Uyqusizlik ko‘p uxlash kabi bosh og‘rig‘ini keltirishi mumkin.

7. Mushaklarning zo‘riqishi
Uzoq vaqt davomida noqulay holatda bo‘yinni ushlash (masalan kompyuter oldida) yoki boshqa mushaklarga zo‘riqish beradigan holatda bo‘lish bosh og‘riqni keltiradi.

8. Ko‘zning toliqishi
Ko‘z asablarining zo‘riqishi (televizor ko‘rish, sifatsiz video ko‘rish va hokazo) bosh og‘riqni yuzaga keltirishi mumkin.

9. O‘tkir hidlar
Kosmetika, atir, kir yuvish vositalari asab tizimini kuchli qo‘zg‘atadi.

10. Boshqa sabablar
Undan tashqari bosh og‘riq 50 dan ortiq kasallik alomati bo‘lishi mumkin.

Manba: Sof.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Bosh og‘rig‘ining asosiy sabablari