00:03 / 25.08.2017
8 197

Stress bo‘lg‘usi onalarga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

Stress bo‘lg‘usi onalarga qanday ta’sir ko‘rsatadi?
London universiteti va Chjeszyan universiteti olimlari ko‘plab tadqiqotlarni tizimli tekshirib, metatahlil o‘tkazishdi.

Mutaxassislar psixologik stressdan aziyat chekkan hamda tushkunlikka tushmagan ayollarda homilaning tushishiga doir tadqiqotlarga qiziqishgan. "Ortodoks" tibbiy portali shu haqidagi yangiligi bilan bo‘lishdi.

Tadqiqotchilarning aniqlashicha, homila tushish holatlari o‘tmishda yuqori darajali psixologik stressni boshdan kechirgan ayollarda 42 foizga ko‘p kuzatilgan. Bu ishtirokchilar travmatik hodisalarni boshdan o‘tkazishgan, ish yoki oilaviy munosabatlarda muammolari bo‘lgan yoxud moliyaviy jihatdan qiynalishgan.

Ma’lum bo‘lishicha, homila tushishi xavfi homiladorlikka qadar yuzaga kelgan.

Mutaxassislar natijalarga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan omillarni inobatga olishdi. Olimlar bu borada shunday izoh berishdi: ma’lumki, organizmda stress gormonlarining faol ishlab chiqarilishi natijasida inson stress holatiga tushadi. Aftidan, bu gormonlar homilani saqlab qolishga javobgar biokimyoviy yo‘llarga ta’sir ko‘rsatadi.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Stress bo‘lg‘usi onalarga qanday ta’sir ko‘rsatadi?