08:18 / 18.11.2017
10 168

Inson boshini boshqa tanaga ko’chirib o’tkazish operatsiyasidan so’ng qalb qayerda bo’lishi haqidagi savol paydo bo’ldi

Inson boshini boshqa tanaga ko’chirib o’tkazish operatsiyasidan so’ng qalb qayerda bo’lishi haqidagi savol paydo bo’ldi
Ushbu olamshumul tajriba natijasida inson qalbi tananing qaysi qismida bo’lishi haqidagi savollar paydo bo’ldi. Bu haqida “Tvzvezda.ru” sayti xabar bermoqda.

Ruhshunos Mixail Filyaevning so’zlariga qaraganda, ushbu tajriba dunyo ilm-fani uchun juda qiziq hodisa. Mutaxassis fikricha, bu shunchaki tibbiyotga tegishli voqea emas.

“Inson qalbi butun tanada yashashi haqidagi diniy tushunchalar ham mavjud. Odamning qalbini ikkiga bo’lish mumkin emas. Mana shu yerda ushbu operatsiyaga doir ahloqiy savollar kelib chiqadi” deydi ruhshunos.

Ikkinchi jiddiy masala esa ushbu operatsiyani boshdan kechirgan insonning o’zgalar tomonidan qanday qabul qilinishidir.

“Ushbu inson endi kimgadir tegishli, u yoki bu oila a’zosi. Shu sababli biz yangi biologik insonni o’rganish va turli tomonlardan qabul qilish ehtiyojiga duch kelamiz” deya qo’shimcha qildi Filyaev.

Eslatib o’tamiz, Xitoyda 18 soatlik operatsiya davomida inson boshi boshqa bir tanacha ko’chirib o’tkazilgan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Inson boshini boshqa tanaga ko’chirib o’tkazish operatsiyasidan so’ng qalb qayerda bo’lishi haqidagi savol paydo bo’ldi