08:38 / 06.01.2018
6 262

Xitoyda 18 soat davomida tanaffussiz ishlagan shifokor olamdan o’tdi

Хитойда 18 соат давомида танаффуссиз ишлаган шифокор оламдан ўтди
Xitoylik fidoyi shifokorlardan biri 18 soat davomida tanaffussiz ishlagan holda kasalxonaning o’zidayoq jon berdi.

Xabarda aytilishicha, hodisa Shansi provinsiyasidagi shifoxonalardan birida sodir bo’lgan.

Respiratorli kasalliklar bo’limi rahbari o’rinbosari Chjao Byansyan bemorlarni ko’zdan kechirayotgan edi. Shu paytda tasodifan shifokor ayolning ahvoli yomonlasha boshlagan va bemorning palatasida yiqilib tushgan.

Hodisa guvohlarining so’zlariga qaraganda, shifokorning so’nggi gapi “Onangizning ahvoli qanday?” jumlasidan iborat bo’lgan.

Ayol zudlik bilan reanimatsiyaga olib kelingan, ertasi kuni esa olamdan ko’z yumgan.

Tekshirish ishlari davomida ayolning miya qon aylanishi jarayonining buzilishi oqibatida vafot etgani ma’lum bo’ldi.

Ayolning hamkasblari uning o’ta mehnatsevar va o’z sohasidagi eng kuchli shifokorlardan biri bo’lgani haqida aytib o’tishgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Xitoyda 18 soat davomida tanaffussiz ishlagan shifokor olamdan o’tdi