Sog‘lom turmush tarzi va ovqatlanish ratsioni sog‘likni va yoshlikni saqlovchi muhim omil hisoblanadi. Shunga qaramay, ko‘pchilik mahsulotlarning tarkibiga emas, balki uning tashqi ko‘rinishi va ishtaha ochar iforiga qarab tanlaydi. Bu esa organizmda vitamin va minerallarning kamayishiga sabab bo‘ladi.
Shuning uchun oziq-ovqat mahsulotlarini tanlayotganda uning tarkibidagi shifobaxsh vitamin va minerallarning miqdori hamda organizmga nechog‘lik foydali ekanini hisobga olishni unutmang.
Xo‘sh, qanday mahsulotlar darmondorilarga boy?
- Masalan, sut va sut mahsulotlarida kalsiy moddasi juda ko‘p.
- Xrom esa bug‘doy non, vino, ustritsa (yesa bo‘ladigan dengiz mollyuskasi) tarkibida mavjud.
- Mis moddasi rezavor sabzavotlar, tuxum, tovuq go‘shti, qo‘ziqorin, loviya, bodom, pista va oshqovoq urug‘ida yetarlicha bor.
- Sarimsoq, xurmo va qora smorodina yodning koni sanaladi.
- Ruxni taomlarga ishlatiladigan ko‘katlar, tuxum sarig‘i, dengiz mahsulotlari va baliq tarkibidan topish mumkin.
- Go‘sht, marjumak, tuxum, olma, dengiz karami, dukkakli o‘simliklar va kakaoda temir moddasi mavjud.
- Beta-karotin antioksidant sifatida bosh terisining salomatligiga javob beradi. Uni sabzi, karam, ismaloq, baliq va jigardan topasiz.
- S, Ye vitaminlari va V guruhidagi vitaminlar (V3, V5, V6, B7, B12) bosh miyada qon aylanishini yashilaydi va teri salomatligini saqlaydi. Bu vitaminlarni dukkali mahsulotlar, poliz ekinlari, sabzavot va ko‘katlardan istalgancha olish mumkin.
Bundan tashqari, foli kislotasi yordamida organizmdagi eski hujayralar o‘rnini yangi hujayralar egallashi va to‘kilgan soch o‘rnidan yangi soch o‘sib chiqishi mumkin. Shuning uchun siz tarkibida foli kislotasi serob bo‘lgan meva va sabzavotlardan (ismaloq, sarsabil, salat bargi, sholg‘om, lavlagi, apelsin, sarimsoq, bug‘doy, soya doni, loviya, guruch, qovurilgan jigar, losos (go‘shti qizil baliq) kabilarni ko‘proq iste’mol qiling.
Foli kislotasiga boy meva va sabzavotlar nafaqat soch tolasini mustahkamlaydi, balki inson salomatligi uchun ham juda foydali. Agar siz bunday mahsulotlarni doimiy iste’mol qilsangiz, bir qancha kasalliklardan xalos bo‘lasiz. Jumladan, u oshqozonda hazm jarayonini yaxshilaydi, diareya, uyqusizlik, tutqanoq, depressiya, tez achchiqlanish, ishtahaning yo‘qolishi, og‘izning achchiq bo‘lib qolishi, allergik reaksiyalarning kuzatilishiga nuqta qo‘yadi.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi