15:15 / 08.02.2018
22 078

Jig‘ildon qaynashi — sabablari, qo‘zg‘atuvchi mahsulotlar, bartaraf etish choralari

Jig‘ildon qaynashi — sabablari, qo‘zg‘atuvchi mahsulotlar, bartaraf etish choralari
Jig‘ildon qaynashi — qizilo‘ngach bo‘ylab tarqalgan to‘sh ortidagi qizish va achishish, bezovtalik yoki yonish hissi. Jig‘ildon qaynashi vaqti-vaqti bilan, ayniqsa ko‘p va achchiq ovqat iste’molidan bir soat o‘tib ro‘y beradi. Oldinga egilganda yoki yotgan holatda bu hissiyotlar kuchayadi.

Odatda, jig‘ildon qaynashinini bartaraf etish (to‘xtatish) uchun suv ichish yetarli bo‘ladi. Yana antasidlar (kislota ta’sirini bartaraf etadigan moddalar) yordamida to‘xtatish mumkin. Biroq, jig‘ildon qaynashi odatda yetarlicha tez-tez takrorlanadi va odatiy turmush tarzini buzishi mumkin.

Haftasiga uch martadan ko‘proq kuzatiladigan jig‘ildon qaynashi hayot sifatini sezilarli darajada yomonlashtiradi. Jiddiy ezofagit (qizilo‘ngach shilliq qavatining yallig‘lanishi) bilan og‘rigan bemorlarning ayrimlari jig‘ildon qaynashidan shikoyat qilishmaydi.

Jig‘ildon qaynashi yuqori kislotalilik gastrit, oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichak yarasi, xoletsistit, homiladorlik toksikozi tufayli yuzaga kelishi, diafragmal churra va ba’zi oziq-ovqat moddalarni ko‘tara olmaslik tufayli sodir bo‘lishi mumkin. Agar jig‘ildon qaynashi kekirish bilan birga kuzatilsa (ayniqsa nordon kekirish), u gastrit yoki oshqozon yarasi alomati sifatida xizmat qilishi mumkin. Agar achishish yotgan holatda kuchaysa, ehtimol muammo qizilo‘ngachda bo‘ladi.

Manba: hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Jig‘ildon qaynashi — sabablari, qo‘zg‘atuvchi mahsulotlar, bartaraf etish choralari