Paratsetamol dori vositasi jinsiy gormonlarga salbiy ta’sir qilib, bepushtlik yoki homila rivojlanishida nuqsonlar xatarini oshiradi. Bunday xulosaga San-Diyegodagi Human Longevity tashkiloti olimlari kelishdi. Bu haqda The San Diego Union-Tribune nashri ma’lum qildi.
Tadqiqotda 18 yoshdan katta 455 kishi qatnashgan. Bundan tashqari, tahlilga 1880 nafar yevropalik egizak va afroamerikan yoki ispan ildizlariga ega 1235 kishi tekshirilganda olingan ma’lumotlar kiritilgan. Olimlar metabolizm (moddalar almashinuvi) uchun muhim bo‘lgan 700 ta birikma miqdori o‘zgarishini kuzatishgan.
Aniqlanishicha, barcha guruhlarda paratsetamol qabul qilish bilan bog‘liq neyrosteroid jinsiy gormonlar kamayishi kuzatilgan. Bundagi salbiy effekt organizmning gormonal darajada 35 yil qarishiga teng bo‘lgan, bu esa o‘z navbatida platsenta disfunksiyasi va reproduktiv qobiliyatlarning buzilishiga olib keladi. Bu, shuningdek, asab tizimi kasalliklarga olib keladi hamda homila tushib qolishi yoki homila rivojlanishida nuqsonlar xatarini oshiradi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»