
Tibbiy patronaj xizmati nafaqat tibbiy-profilaktika yordami, balki aholining sog‘lom hayot kechirishini ta’minlashga xizmat qiladigan ko‘plab omillarni qamrab olgani bilan ahamiyatlidir.
Shu maqsadda, Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumani tibbiyot birlashmasi aholiga sifatli va tezkor xizmat ko‘rsatish uchun velopatronaj xizmatini yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Hududdagi patronaj hamshiralar ishi samaradorligini oshirish, ularning uzog‘ini yaqin qilish maqsadida tibbiyot muassasalariga tuman hokimligi tomonidan 22 ta velosiped taqdim etilgan.
Ayni paytda tuman tibbiyot birlashmasidagi 81 patronaj hamshirasi 104 ming 248 nafar aholiga xizmat ko‘rsatadi.
Patronaj hamshiralarining ayishicha, avvallari ularning ko‘rsatilgan manzilga yetib borishlari uchun 1 yarim soat vaqt ketgan bo‘lsa, endilikda bunga yarim soat vaqt kifoya bo‘lmoqda.
Shuningdek, velopatronaj hamshiralari velosiped haydashni biladigan hamshiralar bo‘lib, qolganlari ushbu hamkasblaridan velosiped haydashni o‘rganib olishgani aytildi.
Velopatronaj hamshiralariga ular yashab turgan hududidan kelib chiqib muayyan kontingent biriktirilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar