MDHda ushbu afsonaviy malhamni eslolmaydigan biror kishi bo‘lmasa kerak. U qayerdan kelib chiqqan? Uni kim kashf etgan? Nima uchun u deyarli barcha kasallikda yordam beradi? Keling, birgalikda o‘rganaylik.
Tarixi
Aslida malham Vetnam zavodlarida ishlab chiqarilgan va “Vetnam yulduzi” deb nomlangan. “Danapha Pharmaceutical JSC” farmatsevtik kompaniyasi olimlari ushbu dorining mualliflaridir. “Cao Sao vàng” nomi amerikalik farmatsevtlar tomonidan “Oltin yulduz malhami” deb tarjima qilindi va sobiq Sovet ittifoqi bozorlariga shu nom bilan tarqatildi. Odamlar dastlab undan foydalanishmadi: yo‘riqnomasi negadir vetnam tilida yozilgan edi. Dastlabki chiqqan paytda unga evkalipt moyi qo‘shilmagan edi. Mazkur moy qo‘shilgandan keyin dori haqiqiy mo‘jizaga aylandi.
Tarkibi
Asl malhamning tarkibi faqat vetnam tibbiyotida bir necha yuz yil davomida ishlatilgan moddalarni o‘z ichiga oladi. Bu haqiqatan ham butun dunyoda farmakologlar tomonidan foydali deya e’tirof etilgan juda kam sonli dorilardan biridir. U faqat dorivor o‘simliklarning efir moylaridan iborat bo‘lib, tarkibiga kimyoviy moddalar qo‘shilmagan. Ishlab chiqaruvchi yo‘riqnomada dorining tarkibini sanab o‘tadi: unda turli o‘simliklardan olingan moddalar bilan xushta’m qilingan qalampirmunchoq, evkalipt va yalpiz moylari mavjud.
Dizayn
Oltin yulduz tasviri tushirilgan kichkina qizil idishcha shu qadar mashhur bo‘lib ketganki, uni bir qarashda tanib olish mumkin. Bu xuddi koka-kolani bir ko‘rganda tanib olishdek gap.
Turlari
MDH hududida hozirgacha uning to‘rt xili sotiladi. Ular gel, krem, suyuq malham va ingalyatsiya qalami. Ular faqat ishlatishdagi qulayligi bilan farqlanadi, tarkibi esa bir xil. Eng ko‘p “umr ko‘rgani”, shubhasiz, malhamdir.
Qo‘llash sohalari
Malham shamollash, tumov va shu kabi kasalliklarda ishlatiladi. “Oltin yulduz” pashsha chaqishida eng zo‘r yordamchi hisoblanadi.
Qo‘llash usullari
Malhamni faqat sirtdan surkash kerak. Shilliq qavatga juda oz miqdorda tushsa ham yoqimsiz holatga olib kelishi mumkin. Bosh og‘rig‘idan xalos bo‘lish uchun malham chakkaga surkaladi. Shamollashda uni yelka, ko‘krak va qoringa surtish lozim.
Nojo‘ya ta’sirlari
Hatto shunday tabiiy dori ham yoqimsiz ta’sirlarga ega bo‘lishi mumkin. Chunki u turli xil dorivor o‘simliklardan tarkib topgan. Uni yana tarkibidagi moddalarga nisbatan ta’sirchanligi yuqori bo‘lgan va shilingan, tilingan teriga surkash mumkin emas. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi