Olimlar: “Tuzni me’yordan ko‘p iste’mol qilish jigarni bedavo dardga chalinishiga sabab bo‘ladi”

Denver universiteti olimlaridan biri Richard Jonson bir guruh olimlar bilan hamkorlikda tuz me’yordan ortiq iste’mol qilinsa, organizmda qanday o‘zgarishlar yuz berishi xususida tadqiqot olib bordi. Tadqiqotlarda odatga ko‘ra, sichqonlar ishtirok etdi. Ularga bir oy davomida me’yordan bir necha barobar ko‘p miqdorda sho‘rsuv berib borildi. Keyin esa ularning organizmi qayta tekshiruvdan o‘tkazildi. Ma’lum bo‘ldiki, jonivorlar jigarini qisqa muddat ichida bir necha o‘n qavat yog‘ bosibdi. Vaholanki, bu jigarni oqibatda o‘lishga olib keladi.
Bundan tashqari, tuzni haddan ziyod ko‘p miqdorda iste’mol qilish gipertoniyaga duchor etarkan. Bu esa yurak xastaliklari kelib chiqishi kafolatlandi deganidir.
Shuning uchun olimlar barchani ogohlantirgan holda, insonlar uchun bir kunlik tuz iste’mol qilish me’yori besh-olti gramm atrofida ekanini ta’kidlashmoqda.
Manba: hordiq.uz
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Bundan tashqari, tuzni haddan ziyod ko‘p miqdorda iste’mol qilish gipertoniyaga duchor etarkan. Bu esa yurak xastaliklari kelib chiqishi kafolatlandi deganidir.
Shuning uchun olimlar barchani ogohlantirgan holda, insonlar uchun bir kunlik tuz iste’mol qilish me’yori besh-olti gramm atrofida ekanini ta’kidlashmoqda.
Manba: hordiq.uz
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…