Odamlar qadim zamonlardan buyon qorin to‘ydirish hamda ko‘plab kasalliklarni davolash maqsadida qo‘ziqorinlardan foydalanganlar. Ammo ushbu ajoyib o‘simlikning foydali xususiyatlarini o‘rganish faqat o‘tgan asrda boshlangan. Deyarli har bir tadqiqot qo‘ziqorin turlarining yangi xususiyatlarini ochib beradi.
Agar qo‘ziqorinlar ekologik jihatdan noqulay sharoitda o‘sgan bo‘lsa, to‘g‘ri tayyorlanmagan bo‘lsa yoki saqlash qoidalari kuzatilmagan bo‘lsa inson salomatligiga jiddiy xavf tug‘diradi.
Tarkibi
Qo‘ziqorinlarning tarkibi uning turiga, o‘sish joyiga, yoshiga va boshqa omillarga bog‘liq. Eng ko‘p foydalaniladigan qo‘ziqorinlarda A, D, Ye, PP, V guruhi, kaliy, kalsiy, fosfor, temir, oltingugurt, yod kabi mikroelementlar mavjud. Ba’zi qo‘ziqorinlar tarkibida A va V guruh vitaminlari ba’zi sabzavotlardagidan ko‘ra serob. Shuningdek, ortiqcha yog‘lar umuman kuzatilmaydi. Qo‘ziqorin tarkibida, aminokislotalar, efir moylari, fermentlar va boshqa kerakli moddalar mavjud.
Qo‘ziqorinlarning foydali xususiyatlari:
- Immunitetni mustahkamlashga yordam beradi;
- Qo‘ziqorinlarda mavjud letsitin tomirlarni tozalash va xolesterinni kamaytirishga yordam beradi, aterosklerozning oldini oladi;
- Zamburug‘larning muntazam iste’moli aqliy qobiliyatga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi;
- Qo‘ziqorinlar asab tizimi uchun foydali, ziqlikdan xalos qiladi;
- Mutaxassislar qo‘ziqorinlarni ortiqcha tana vazniga ega bo‘lgan odamlarning ratsioniga kiritishni tavsiya qiladilar. Chunki u juda to‘yimli, ochlikni tez qondiradi;
- Oq qo‘ziqorin — teri, soch va tirnoqlarning sog‘lig‘i uchun javobgardir. Shuningdek, qalqonsimon bezning normal faoliyatiga yordamlashadi;
- Uning tarkibidagi riboflavin (V2 vitamini) bor;
- Mutaxassislar fikriga ko‘ra, shampinonlar bosh og‘rig‘ini davolaydi;
- Oyster qo‘ziqorinlari inson organizmini har xil kasalliklardan himoya qiladi. Chunki uning tarkibidagi PP vitamini bor. Radioaktiv moddalarni to‘plamaydi, aksincha ularni organizmdan chiqaradi;
- Shiitake qo‘ziqorinlari, Yaponiyada juda keng tarqalgan. Inson salomatligi uchun juda foydali hisoblanadi. Undan saraton va boshqa kasalliklarni davolash uchun qo‘llaniladi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Qo‘ziqorinlarni homilador va emizikli ayollar, yosh bolalar, shuningdek, oshqozon-ichak trakti ishlashi buzilgan odamlarga iste’mol qilish tavsiya qilinmaydi.
Qo‘ziqorinlar hazm bo‘lishi og‘ir yegulik hisoblanadi, shuning uchun ularni ortiqcha va tez-tez tanovul qilish ovqat hazm qilish tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Oqibatda peptik yara, pankreatit va boshqa kasalliklarni olib kelishi mumkin. Mutaxassislar qo‘ziqorinlarni haftasiga ikki martadan ko‘proq iste’mol qilishni tavsiya qilmaydilar.
Ba’zi qo‘ziqorinlar zararli bo‘lib, inson salomatligiga jilddiy xavf solishi mumkin. Qo‘ziqorin 100% ishonchli bo‘lishi uchun, uni to‘g‘ri tanlash, tayyorlash texnologiyasi va saqlash qoidalariga rioya qilish kerak.
Jigar uchun zurur mahsulot
— Qo‘ziqorin O‘rta Osiyo sharoitida kam iste’mol qilinadi. Uning tarkibida inson organizmi uchun eng foydali elementlar juda ko‘p. Jigar uchun eng zarur mahsulot sanaladi. Organizm mineral moddalar hamda V va S vitaminiga ehtiyoj sezganda iste’mol qilish tavsiya qilinadi. Uni iste’mol qilishdan avval albatta yaxshilab yuvib, tozalab, maydalab, qovurish kerak.
Yovvoyi holda o‘sadigan qo‘ziqorinlarning iste’mol uchun xavfliligi shundaki, ularga termik ishlov berilganda, ya’ni qaynatilganda, qovurilganda ham tarkibidagi zaharli moddalar parchalanmasligi, zaharlilik xususiyatini saqlab qolishi mumkin. Shuning uchun bunday qo‘ziqorinlarni mutaxassis maslahatisiz iste’mol qilmagan ma’qul.
Mavluda Bahriddinova,
vrach, gastroenterolog, oliy toifali shifokor.
vrach, gastroenterolog, oliy toifali shifokor.
O‘sayotgan hududga ham bog‘liq
— Qo‘ziqorinlarning 100 mingdan ortiq turi mavjud. O‘zbekistonda 100 dan ortiq turi o‘sadi. Shundan atiga 25 turigina iste’molga yaroqli, ya’ni zaharsiz hisoblanada. Zamburug‘ni qovurib va qaynatib iste’mol qilsa bo‘ladi. Bizning amaliyotda shunday tajribalar bo‘ladiki ayrim hollarda zaharsiz deb hisoblangan qo‘ziqorinlardan zaharlanish holatlari ham kuzatilgan. Jumladan, katta yo‘llar bo‘yidagi, kimyoviy moddalar ishlab chiqarish korxonalari yoki ular saqlanadigan omborlarga tutash hududlarda o‘sgan yesa bo‘ladigan qo‘ziqorin turlarini ham iste’mol qilish yaramaydi. Chunki qo‘ziqorinlar atmosfera havosi, suv va tuproqdagi zaharli kimyoviy moddalarni o‘ziga tez singdirib olish xususiyatiga ega. Shuning uchun ba’zida iste’molga yaroqli qo‘ziqorinlardan zaharlanish holatlari ham uchrab turadi.
Abdusalom Sattorov,
sanitariya vrachi.
sanitariya vrachi.
Xolesterin miqdorini pasytiradi
— Qo‘ziqorining eng asosiy ustunligi oqsilning konidir. Unda oqsil tuxumdan ikki barobar, go‘shtdan uch barobar ko‘p. Fosfor va kalsiy bilan raqobotdosh. Shu bilan birga, u juda to‘yimli bo‘lib, ozgina yesangiz ham darrov qorningiz to‘yib qoladi. Qo‘ziqorinli taomlar bilan birga organizm vitamin, aminokislotalar, mikroelementlarning katta miqdorini qabul qiladi. Uning tarkibidagi PP vitamini qon hosil bo‘lish jarayonida muhim rol o‘ynab, tomirlar devorini mustahkamlaydi. Bu vitamin qo‘ziqorinda xuddi mol jigaridagidan ham ko‘proq.
Qo‘ziqorinlar qondagi yomon xolesterin miqdorini pasaytiradi. U shuningdek qandli diabet bilan og‘rigan kishilarga foydali: chunki unda yog‘ juda oz bo‘lib, xolesterin yo‘qdir, biroq u oqsil, vitamin, mineral, suv va kletchatkalarga boydir. Yana ular tabiiy insulin va fermentlarga boy bo‘lib, u kraxmalli taomni parchalashga yordam beradi. Yurak-qon tomir kasalliklari, ateroskleroz, ortiqcha vazn, qon bosimi oshishida ham uning foydaliligi tan olingan.
Qo‘ziqorinlar past kaloriyali yegulik sanalib, ortiqcha vazndan qiynalayotgan odamlar uchun mukammal parhez turidir.
Feruza Alyaviya,
diyetolog, vrach-gastroenterolog,
oliy toifali shifokor, tibbiyot fanlari nomzodi.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
diyetolog, vrach-gastroenterolog,
oliy toifali shifokor, tibbiyot fanlari nomzodi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?