20:55 / 28.05.2018
16 273

Atirgulning ajoyib xususiyatlari...

Atirgulning ajoyib xususiyatlari...
Aytishlaricha qadimda Misr malikalari atirgulni suvga solib, iliq holida badanlarini chayib yurishgan ekan. Balki shuning uchun ham ularning yuzlari tiniq bo‘lgan. Keling, eng yaxshisi atirgulning foydalari haqida qisqacha izoh berib o‘tamiz.

1.Atirgulning asal bilan tayyorlangan gul murabbosi me’da susayishining oldini oladi, ovkat hazm bulishida samarali dorivor hisoblanadi.

2. Dorivor gulbarglarini qaynatib, siqib tashlamasdan shishlarga bog‘lansa, ularni qaytaradi. U yana saramasning tuzalishiga yordam beradi.

3. Atirgul va uzum sharbati qaynatilib milklarga surtilsa, ularning mustaxkamligi oshadi. Shu bilan birga quloq og‘rigiga qo‘llansa xam yaxshi samara beradi.

Shirasini ko‘ziga tomizsa kishi,
Qovoqdan ketadi mijjalar shishi.
Boshingdan ketadi boshing og‘rishi.
Boshingga bog‘lasang yangisin agar.

Shark halklari tabobatida atirgul kadim zamonlardan keng mikyosda qo‘llanilib kelingan. Bu o‘simlikning gulbargidan tayyorlangan murabbo va gulqanddan xam ko‘plab dardlarga shifo sifatida foydalanilgan.

Jumladan: oftob urishi, darmonsizlik, surunkali va o‘tkir yo‘tal, kamkonlik, ich ketishi kabi kasalliklarda koni shifoligi isbotlangan.

Kizilguldan olib, kaynatib agar,
Og‘izni chaykasang, foydasi tegar.
Tishlaring mustaxkam bo‘ladi beshak,
Milklar dardi undan boshini egar.

yoki

Iste’mol kilinsa agar atirgul,
Yuragu o‘pkaga-yu jigaring tugul.
Buyrakka, ingichka to‘g‘ri ichakka
Yana qon tuflashga foydadir butkul.

Keyingi paytlarda zamonaviy tibbiyotda xam atirgul moyining shifobaxsh xususiyatlari keng ko‘lamda o‘rganildi. Uning o‘pka yallig‘lanishi, shamollash Bilan bog‘lik yiringli xastaliklar yaxshi samara berishi aniklandi. Bundan tashkari, u shillik pardalarni tashki ta’sirlardan, bronx mushaklarini spazm, ya’ni bug‘ilishdan xam saqlaydi.

Atirgulning sharbati yurak o‘ynashi hamda ko‘ngil aynishini butkul qoldiradi. Men o‘zim bu atirgulni olib sinovdan o‘tkazganman. Atirgulni olib, qaynagan suvga solib iliq bo‘lgach yuzingizni yuvib ko‘ring. Mo‘’jizasini o‘zingiz ham ko‘ring.
Lobar Mirzo

Manba: nuz.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Atirgulning ajoyib xususiyatlari...