21:20 / 13.07.2018
8 959

Toshkentda buyrak ko‘chirib o‘tkaziladigan tibbiyot markazi ochiladi

Toshkentda buyrak ko‘chirib o‘tkaziladigan tibbiyot markazi ochiladi
Joriy yilning 12 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi aholisiga nefrologiya va gemodializ yordami ko‘rsatish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilindi.

Unda ta’kidlanishicha, sohadagi mavjud muammolarni tezkorlik bilan hal etish va kamchiliklarga barham berish, shuningdek, zamonaviy infratuzilmani rivojlantirishni ta’minlash va nefrologik kasalliklardan azob chekayotgan shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini sifat jihatidan yaxshilash maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligining aholiga nefrologik va gemodializ yordami ko‘rsatish bo‘yicha faoliyati qoniqarsiz, deb topildi.

Prezident qarori bilan Sog‘liqni saqlash vazirligi va uning hududiy bo‘linmalarining aholiga nefrologik va gemodializ yordami ko‘rsatishni yanada oshirish sohasidagi asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari belgilab berildi. Shuningdek, Aholiga ixtisoslashtirilgan nefrologik va gemodializ tibbiy yordam ko‘rsatish samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Qarorga binoan Toshkent shahar nefrologiya shifoxonasi negizida Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazini tashkil etiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Toshkentda buyrak ko‘chirib o‘tkaziladigan tibbiyot markazi ochiladi