12 932
Aspirin davolash, goʻzallik, tozalik va gullaringizning uzoq yashashiga yordam beradi
1. Husnbuzarlarni yoʻqotishga yordam beradi:
Aspirin dorisi shamollashni olish xususiyatiga ega boʻlganligi bois, yuzdagi husnbuzarlarni kamaytirib, terini tinchlantiradi. Buning uchun 2-3 dona aspirin tabletkasini maydalab, limon suvi bilan aralashtiring va yuzingizga suring. Bir daqiqadan soʻng yuvib tashlang. Bu surtmani quyoshga chiqishdan oldin surtib chiqish mumkin emas.
2. Hasharotlarning chaqishida qichimalarning oldini oladi:
Aspirin hasharotlar chaqqanda kelib chiqadigan shishlarni va qichimalarning oldini oladi. Bir dona tabletkani qobigʻini yuvib tashlang. Soʻngra dorining ichini birozgina suvga qoʻshib surtma malham holatiga keltiring va chaqilgan joyga qoʻyib bir necha daqiqa ushlab turing.
3. Yuzdagi teshikchalarni kichraytiradi:
Tayyorlanishi uchun 5 daqiqa vaqtingizni oluvchi ushbu niqob yuz terisidagi teshikchalarni kichraytiradi, silliqlashtiradi va tekislaydi. Buning uchun:
- 7 dona qobiqsiz aspirin tabletkasi;
- 3 qoshiq yogurt yoki smetana;
- 1 qoshiq asal kerak boʻladi.
Niqobni tayyorlab yuzingizga suring, 3-5 daqiqadan keyin yuvib tashlang.
4. Qazgʻoqlarni bartaraf etadi:
Qazgʻoqlarni bartaraf etish uchun 2 dona aspirin tabletkasini maydalab bir marta yuvish uchun moʻljallangan shampunga qoʻshib boshingizni yuving.
5. Aspirin – eksfoliant (piling):
2-3 dona aspirin tabletkasini suvga aralashtirib tanangizga yaxshilab suring, birozdan soʻng yuvib tashlang, tana terisi mayinlashadi. Agar teringiz nozik boʻlsa bunday surtmani qoʻllamaganingiz maʼqul, aks holda qizartirib yuborishi mumkin.
6. Oyoqdagi qadoqlarni ketkazadi:
7 dona aspirin tabletkasini maydalab bir qoshiq limon suviga aralashtiring. Hosil boʻlgan massani poshnangizga qoʻying va issiq holatda ushlab turing. 10 daqiqadan soʻngra yuvib tashlang.
7. Sochlarni mustahkamlaydi:
Aspirin hatto sochlarni mustahkamlashda ham yordam beradi. Buning uchun bir plastinka aspirinni bir piyola iliq suvga aralashtiring, hosil boʻlgan maskani boshingizni yuvgandan keyin yaxshilab qoʻyib chiqing. 15 daqiqadan keyin yuvib tashlashingiz mumkin. Sochlaringiz nafaqat mustahkamlanadi, balki jilolanib yaltiraydi.
8. Kiyimlardagi dogʻlarni yoʻqotadi:
Kiyimlardagi terdan paydo boʻlgan dogʻlarni ketkazish uchun aspirin donalarini suvda eritib oʻsha joyiga surtib kechga qoʻying. Keyin odatdagidek kiyimlarni yuvib tashlashingiz mumkin, kiyimlaringiz asl holatiga qaytadi.
9. Vannani yaltiratadi:
Vannani tozalash uchun 5 dona aspirin tabletkasini tozalash vositasiga qoʻshib ishqalab qoʻying. Yarim soatlardan keyin vannani gubka bilan yengil yuvib tashlang.
10. Atirgullarning umrini uzaytiradi:
Atirgullar turgan guldonga bir dona aspirinni tashlang. Aspirin suvda bakteriyalarning koʻpayishiga yoʻl qoʻymaydi.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”