Har kuni yarim soat piyoda sayr qilish insult va qon quyilishi bilan bogʻliq kasalliklarga chalinish xavfini pasaytiradi, deyiladi Neurology jurnalida chop etilgan maqolada.
“Biz jismoniy faollik miyani kasallik va nuqsonlardan himoya qilishiga yanada koʻproq guvoh boʻlmoqdamiz. Jismoniy faollik va insult oqibati darajasi oʻrtasidagi bogʻliqlikni yanada yaxshiroq tushunishimiz uchun koʻproq kuzatuv va tajribalar olib borishimiz kerak boʻladi”, — deydi Shvetsiyaning Gotenburg universiteti olimasi Katarina Sunnerxagen.
Sunnerxagen va uning hamkasblari bir necha yil davomida universitet klinikasida insultga duchor boʻlgan va davolanish kursini oʻtagan 2300ga yaqin bemorga tegishli maʼlumotlarni oʻrganib chiqishdi. Shifokorlar bemorlarni davolash birga ularning qanday taomlar isteʼmol qilishi, turmush tarzi va miya qon tomirlari ishi bilan bogʻliq boshqa omillarni oʻrgandi.
Maʼlum boʻlishicha, insultning ogʻir shakli rivojlanishining asosiy sababi jismoniy faol boʻlmaslik va koʻp oʻtirish ekan. Ana shunday sust hayot kechiruvchilar miyaga qon quyilishiga muntazam ravishda jismoniy tarbiya bilan shugʻullanadiganlarga nisbatan 1,2 marta koʻproq duch kelar ekan.
Shifokorlarning soʻzlariga koʻra, haftasiga taxminan toʻrt soat yoki kuniga yarim soat piyoda sayr qilish va yengil jismoniy mashgʻulotlarni bajarish insultning noxush oqibatlariga duch kelishdan saqlaydi.
Sunnerxagenning taʼkidlashicha, sayr va jismoniy mashgʻulotlar insultdan himoya qiluvchi asosiy yoki yagona omil, deb xulosa chiqarishga hali erta. Olimlar darhaqiqat shundaymi-yoʻqmi ekanligini aniqlash uchun yanada koʻproq odamlar guruhini kuzatishni rejalashtirishgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”