Bu kasallik asosan bronx yo‘li shamollashidan boshlanadi. Ayniqsa, kuz va bahor fasllarida kuchli quzg‘alib, tez-tez xuruj qila boshlaydi. Ko‘krak qafasda, o‘pkada, oshqozonda shilimshiqlar yig‘ilib, balg‘am yurak foliyatiga ta’sir etishi natijasida bosh og‘rig‘i yuzaga keladi. Agar ichki organlar shilimshiq moddadan tozalanmasa dimog‘ bekilib, burunni balg‘am shilliqlari qisib, nafas olishni qiyinlashtiradi, qon tomirning torayishi natijasida bug‘ilib-bug‘ilib hansirash yuzaga keladi. Kasallikni davolash uchun birinchi navbatda balg‘amni tozalash kerak.
DAVOSI: Igir ildizi - 20 gr, qora zira - 30 gr, zig‘ir urug‘i - 40 gr, achchiq bodom - 25 gr, shakar - 60 gr, rayhon guli - 200 gr, dolchin - 30 gr, zanjanbil - 12 gr, qora xalila - 20 gr, kunjut - urug‘i - 20 gr, totum urug‘i - 20 gr, qora andiz - 15 gr. Bularning hammasini un kabi maydalab elakdan o‘tkazib, 700 gr asalga aralashtiriladi, ya’ni ma’jun qilinadi, bankaga solib, qaynab turgan suv ichida 2 soat qaynatiladi. Bunda bankaning ichiga suv kirmasligi kerak.
Tayyor bo‘lgan dorini har kuni 3 mahal ovqatdan oldin 1 choy qoshiqdan, to‘rt oyu 10 kun iste’mol qilinadi, so‘ngra 10 kun dam olib yana davom ettiriladi, bilinar-bilinmas qisish bo‘lsa ham dorini to‘xtatmaslik lozim. Bu davo astma kasalligida yaxshi natija berishi o‘z isbotini topgan. Ammo kasallikni davolashda parhezga jiddiy roya qilish zarur, sut-qatiq, achchiq, sho‘r, spirtli ichimliklar, sovuq suv, sovuq ovqatlar iste’mol qilish aslo mumkin emas.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Metabolizm sekinlashganining belgilari