06:02 / 18.02.2019
12 631

Olimlar yangi og‘riq qoldiruvchi dori vositasini yaratishdi

Olimlar yangi og‘riq qoldiruvchi dori vositasini yaratishdi
Delaver hamda Parij-Sakle universiteti olimlari yangi opiysifat og‘riq qoldiruvchi dori vositasini yaratib, ularni kemiruvchilarda sinovdan o‘tkazishdi. Sinovlar muvaffaqiyatli o‘tdi. Og‘riq qoldiruvchi dorining yangi nusxasi morfin va shu kabi opiysifat dorilardan farqli o‘laroq, og‘riqni tez qoldirishi va ta’sir kuchi uzoq davom etishi bilan ahamiyatli ekan. Asosiysi, odam bu doriga o‘rganib qolmaydi.

Olimlar nanochastitsalarni peptid retseptorlari bilan bog‘lashganda, dori og‘riq mavjud tana qismiga boshqa dori vositalariga nisbatan sezilarli darajada tez va uzoq bog‘lanishi ma’lum bo‘ldi. Endi uni klinik sinovlardan o‘tkazish qoldi. Bu sinovlar ham muvaffaqiyatli o‘tsa, dori vositasi dunyoga tarqatiladi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Olimlar yangi og‘riq qoldiruvchi dori vositasini yaratishdi