15:02 / 16.04.2019
11 337

Qanday ziravorlar sogʻligimiz uchun zararli?

Qanday ziravorlar sogʻligimiz uchun zararli?
Ziravorlar ovqatni mazali qilish bilan bir qatorda sog‘ligimizga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Lekin shuni yodda tuting, hammasi ham emas! Quyida sog‘ligimizga zararli hisoblangan ziravorlar ro‘yxati keltirilgan. Ularni iste’mol qilmaslik emas, me’yorida tanovul qilishingizni tavsiya etamiz.
1. Qalampirmunchoq donalari. Eng ko‘p ishlatiladigan ziravor bo‘lib, uni baliq va go‘shtdan tayyorlangan sho‘rvalarga ko‘p solishadi. Qalampirmunchoq donalari oshqozon yarasi va gastritga chalingan insonlarga tavsiya etilmaydi.

2. Rozmarin. Qon bosimi yuqori, homilador ayollar va epilepsiya bilan og‘rigan bemorlarga mumkin emas. Rozmarin buyrakka salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Agarda uni ko‘p iste’mol qilib yuborsangiz oshqozoningiz bezovtalana boshlaydi.

3. Dolchin. Ushbu ziravorni ko‘p miqdorda iste’mol qilsa, bosh og‘rig‘i, zarda bo‘lish yoki holdan toyishga olib keladi. Jigar bilan bog‘liq muammosi bor bemorlar uni tanovul qilmaganlari ma’qul.

4. Muskat yong‘og‘i. Uni iloji boricha kamroq dozada tanovul qilgan yaxshi. Chunki ko‘p iste’mol qilib qo‘ysa, zaharlanish, gallyutsinatsiya va uyqusizlik paydo bo‘ladi.
5. Yalpiz. Yalpiz xalq tabobatida ko‘p ishlatiladi, sharbat va sho‘rvalarga qo‘shiladi. U tinchlantirish xususiyatiga ega, ammo ko‘p iste’mol qilinsa, uyqusizlikka olib keladi. Oshqozon-ichak trakti bilan og‘riganlarga yalpiz tavsiya etilmaydi.
6. Xantal. Xantil sharbati qizilo‘ngach, buyrak va yurak-qon tomir tizimida kasallik mavjud bemorlarga tavsiya qilinmaydi. Uning bir necha grami ham zarar bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, xantal sharbati oshqozon kislotasining oshishiga olib keladi.
Tuz va shakar bilan ziravorlarni birga ishlatish mumkin, lekin kam miqdorda foydalanish tavsiya etiladi. Ziravorlar ovqatingizni xushta’m qiluvchi vosita, ammo ko‘p foydalanish salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Qanday ziravorlar sogʻligimiz uchun zararli?