11:50 / 07.04.2019
10 620

Shifokorlar qon bosimini pasaytiruvchi mahsulotlarni ma’lum qilishdi

Shifokorlar qon bosimini pasaytiruvchi mahsulotlarni ma’lum qilishdi
Gipertoniya – yuqori qon bosimi boshqa kasalliklarning zo‘rayishi va paydo bo‘lishi xavfini ancha oshirishi mumkin. Shu sababli qon bosimini nazorat qilish va uni dori vositalarisiz pasaytirishni bilish muhimdir. Bu haqda Kun.uz nashri yozmoqda.
Shifokorlar yuqori qon bosimini pasaytirishda yordam beruvchi mahsulotlarni ma’lum qilishgan.
Tavsiyalarga ko‘ra, bunda tuz iste’molini cheklash va o‘z ratsionini kaliyga boy oziq-ovqat mahsulotlari bilan boyitish foydali bo‘ladi. Kaliy organizmga suyuqlikni samaralirok chiqarishga va buning natijasida qon bosimi pasayishiga yordam beradi.

Kaliy shirin kartoshka, banan, tomat sousi, apelsin sharbati va tunets balig‘ida ko‘p miqdorda saqlanadi.
“Biroq haddan ko‘p kaliy ham zararli bo‘lishi mumkin, shu sababli bunda ehtiyotkor bo‘ling”, deb ogohlantirishgan shifokorlar.
Jumladan, ular buyrakda muammolarga ega odamlarga kaliy iste’molini ko‘paytirishni tavsiya qilishmaydi.

Shuningdek, qon bosimini pasaytirishda oziq-ovqat mahsulotlaridan tashqari jismoniy mashg‘ulotlar ham yaxshi samara beradi. Har kuni 2 soatlik jismoniy faollik yurak va tomirlarni yaxshi holatda saqlaydi va vazn tashlashga yordam beradi, bu ham o‘z navbatida qon bosimini pasaytiradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Shifokorlar qon bosimini pasaytiruvchi mahsulotlarni ma’lum qilishdi