15:10 / 19.04.2019
10 426

Olimlar ichak saratonini keltirib chiqaruvchi oziq-ovqat mahsulotlarini aniqlashdi

Olimlar ichak saratonini keltirib chiqaruvchi oziq-ovqat mahsulotlarini aniqlashdi
Har kuni qizil (mol, cho‘chqa, qo‘y) go‘shtini va qayta ishlangan go‘sht oz miqdorda iste’mol qilish ichak saratonini keltirib chiqarishi ehtimolini oshirishi mumkin. Buni Okcford universiteti tadqiqotchilari aniqladi.

Tadqiqot 6 yil davomida o‘tkazilgan. Buning uchun mutaxassislar 500 ming bemor ma’lumotlarini to‘plashdi. Ilmiy ish boshlanganda 40-69 yoshda bo‘lgan kishilar o‘rtasida 2 609 ta holatda ichak saratoni qayd etildi.

Tadqiqot natijasida olimlar kuniga 21 gramm yoki undan kam iste’mol qilganlarga qaraganda 76 gramm qizil va qayta ishlangan go‘shtni is’temol qiladigan odamlarda saraton kasalligi rivojlanish xavfi 20 foiz yuqori bo‘lishi aniqlangan.

Shuningdek, 8 gramm iste’mol qilganlarga qaraganda, kuniga 54 gramm qizil go‘shtni iste’mol qilgan insonlarda saraton xavfi 15 foizga ko‘proq ekanini qayd etilgan.

Kuniga 29 gramm qayta ishlangan go‘shtni iste’mol qilganlar, kuniga 5 gramm iste’mol qiladiganlarga qaraganda, kasallik xavfi 19 foiz yuqori bo‘lgani aniqlandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Olimlar ichak saratonini keltirib chiqaruvchi oziq-ovqat mahsulotlarini aniqlashdi