16:50 / 06.09.2019
5 433

Britan olimlari yurak xurujini 90 foizgacha aniqlik bilan oldindan aytishni o‘rganishdi

Britan olimlari yurak xurujini 90 foizgacha aniqlik bilan oldindan aytishni o‘rganishdi
Tadqiqotchilar kompyuter tomografiyasi natijasida olingan oddiy suratlarni tahlil qiladigan dasturni ishlab chiqishdi.

Britan olimlari topgan o‘ta samarali usul yurak xuruji paydo bo‘lmasidan turib uning dastlabki belgilarini aniqlash imkonini beradi. The Times gazetasiga ko‘ra, bunga sun’iy intellekt texnologiyasini qo‘llash orqali muvaffaq bo‘lingan.

Oksford universiteti mutaxassislari sun’iy intellekt asoslanib ishlab chiqqan texnologiya yurak xurujiga uchrash ehtimoli o‘ta yuqori bo‘lgan insonlarda bu holat paydo bo‘lishini o‘n yilgacha oldindan aytib bera oladi. Yangi dastur yurakning kompyuter tomografiyasi vositasida olingan oddiy suratlarini tahlil qiladi. Olimlar buning yordamida tanadagi yog‘ to‘qimalari, chandiqlar, yallig‘lanishlar va yangi qon tomirlarining paydo bo‘lishini o‘rganib chiqqan.

Ekspertlarning so‘zlariga ko‘ra, bu dastur mijozda yurak xuruji paydo bo‘lishini oldindan 85-90% aniqlikkacha oldindan aytib beradi. “Kompyuter tomografiyasi yordamida ko‘rayotgan narsamiz bu – aysbergning uchi, xolos. Biz sun’iy intellektning favqulodda o‘ta kuchli tizimini ishlab chiqdik, u inson organizmini ichkaridan ko‘rib, unga xafv tug‘dirayotgan omillarni ko‘rsatib beradi”, dedi Oksford universiteti professori Xaralambos Antoniadis.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Britan olimlari yurak xurujini 90 foizgacha aniqlik bilan oldindan aytishni o‘rganishdi